35
atrof-muhit va jamiyatning taraqqiyot darajasiga bog‘liqdir.
Keyns
ning mutlaq va nisbiy ehiyojlar o‘rtasidagi farqi ham shunga o‘xshab
ketadi.
Uning fikricha
“mutlaq ehiyojlarning ma’nosi shuki, biz ularni boshqa
kishilar bilan qanday ahvolda ekanligidan qat’iy nazar xis qilamiz, nisbiy
ehtiyojlarning ma’nosi shuki, bunday ehtiyojlar qondirilganda o‘zimizning
boshqalardan ustundek sezamiz”
. Mutlaq ehtiyojlarni to‘yintirish mumkin, nisbiy
ehtiyojlarni esa to‘yintirib bo‘lmaydi. Nisbiy ehtiyojlarning to‘yintirishning mumkin
emasligiga
sabab shuki, ularning umumiy darajasi yuksalgan sari bu darajadan ham
yuqori ko‘tarilish istagi kuchayib boraveradi. Bunday sharoitlarda nisbiy ehtiyojlarni
qondirish maqsadidagi ishlab chiqarish ularni rivojlantirish bilan bir xildirdir. Mana
shuning uchun ham turmush darajasi mutlaq yuksalgan kishilar o‘zlari
doim xavas
bilan qaragan kishilarning o‘zlaridan ko‘ra yaxshiroq yashay boshlaganini ko‘rsalar,
o‘zlarini yomon xis qiladilar, ya’ni
Kotta
yozganidek
“ba’zilar uchun zeb - ziynat va
hasham hisoblangan narsalar birovlar uchun zaruratga aylanadi”
. Voqelik bilan
istak xohishlar o‘rtasidagi masofa qoniqmaslik darajasi kuchaygan sari o‘zgarib
boradi.
Dostları ilə paylaş: