Innovatsion menejmentda nazorat. Nazorat m enejm entning predm et
funksiyasi sifatida innovatsiyadagi boshqaruv siklini yakunlaydi va bu bi-
lan boshqa barcha funksiyalarning samaradorligini ta ’minlaydi. Innovat
sion m enejmentda nazorat funksiyasining mohiyati shundan iboratki, u
berilgan tashkiliy shartlar asosida qabul qilingan maqsadlarga erishishga
yo'naltirilgan belgilangan rejaviy vazifalarni bajarilishini ta ’minlaydi.
Nazorat vazifalariga quyidagilar kiradi:
• innovatsion faoliyat va uning natijalari to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish
va tizimlashtirish;
• olingan faoliyat natijalari holatini baholash;
• faoliyat natijalariga ta’sir qiluvchi omillar, chetga chiqish sabablari tahlili;
• rivojlanish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan qarorlarni tayyor-
lash va bajarish.
Tashkilotda nazoratni tashkil qilishning asosiy mazmuni bo‘lib quyidagi
belgilar hisoblanadi: nazorat maqsadi, predmet sohasi, ko'lami va nazorat shakli.
Strategik nazorat yuqori menejment faoliyatining IKga mohiyati bo‘lib
hisoblanadi va u innovatsiya rivojlanishining hisobi, baholanishi, natijalar
tahlili, ilg'or tamoyillarini amalga oshirishni ko‘rib o'tadi.
U strategiyani
shakllantirish bosqichida ham, uni realizatsiya qilish bosqichida ham ish-
tirok etadi. IKning strategik nazorati hayotiy zarur bo'lgan tizim larga
yondashadi: marketing, ilmiy-texnik prognozlarga, m a’nsulot portfeliga.
Strategik nazoratni tashkil etish va o'tkazishda sifatli baholash usullari-
dan, tendensiyalarni solishtirma baholashdan foydalaniladi.
Operativ nazorat tashkilotdagi o 'rta va quyi boshqaruv tizimini o ‘z
ichiga oladi. U joriy hisobga, amalga oshirilayotgan innovatsion jarayon-
larni tahliliga yo‘naltiriladi va belgilangan rejaviy vazifalarni ijro etishni
o ‘z vazifasi deb biladi. Operativ nazorat obyektlari bo‘lib mavzuviy va ishlab
chiqarish vazifalari, ishni olibborish muddatlari, rejada ko'rsatilgan resurs-
lar, IK faoliyati bilan bog'liq xarajatlar hisoblanadi. Operativ nazoratni
tashkil etish va o'tkazishda miqdoriy hisob va innovatsion loyihalar holati
tahlili usullaridan foydalaniladi.
IKdagi boshqaruv nazoratining barcha turlari predm et belgisi
b o ‘y ic h a
moliyaviy va m a’muriyga ajratiladi.
20