O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

Ma’muriy risklar
– loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa 
ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, 
ruxsatlarni olishi bilan bog‘liq risklardir. 
Mamlakat riski
– bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni 
shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va 
davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va xatto loyihani 
barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Davlatning siyosati bilan bog‘liq mamlakat 
risklarini shartli ravishda ikkita guruhga bo‘lish mumkin: siyosiy va iqtisodiy mamlakat 
risklari. 
Modernizatsiya (grekchadan moderne - yangicha) 
– ob‘ektni takomillashtirish, 
yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me‘yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat 
ko‘rsatkichlariga moslashtirish. 
Moliya tizimi
– moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi 
moliyaviy muassasalar majmuasi. 
Moliyaviy aktivlar
- bu qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, u chet el kapitalini jalb etish
chet el kreditlarini olish va chet el kapitalini bank depozitlariga jalb etish uchun emissiya 
qilinadi.
Moliyaviy institutlar
– belgilangan qonun-qoidalar doirasida faoliyat yurituvchi 
mamlakatdagi moliya-kredit tashkilotlari. 
Moliyaviy qo’yilmalar rentabelligi
– qimmatli qog‘ozlar va hissali qatnashuv 
daromadlarini emitentning moliyaviy qo‘yilmalari qiymatiga nisbati. 
Monitoring
- bozorning ahvoli va rivojlanish yo‘nalishini ustidan kuzatish. 
Noaniqlik
– investitsion loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi 
ma‘lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligidir. 
O’rtacha kvadratik chetlanish
– investitsiya loyihasini amalga oshirishning 
barcha mumkin bo‘lgan variantlari o‘rtacha qiymatdan qanchaga chetlashganini ko‘rsatib 
beradi. Bu ko‘rsatkich riskning absolyut kattaligini ifodalab baradi, qanchalik o‘rtacha 
kvadratik chetlanish yuqori bo‘lsa, risk shunchalik katta bo‘ladi. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin