Talim nazariyasi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#166692
  1   2
Bekzod 1-amaliy ishi



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “ TT ” FAKULTETI 3-
BOSQICH AKT 11-21 GURUH TALABASI RO’ZIYEV BEKZODNING “ TALIM 
NAZARIYASI” FANIDAN
1-AMALIY ISHI
BAJARDI : RO’ZIYEV.B
QABUL QILDI : ILMURADOVA.D 


MAVZU:Didaktikaning asosiy kategoriyalari


Didaktikada “idrok etish”, “o’zlashtirishi”, “mahorat”, “rivojlanish” va boshqalar (psixologiya)
hamda “boshqarish”, “qayta aloqa” (kibernetika) kabi turdosh fanlarga xos bo’lgan tushunchalar ham
qo’llaniladi.
Didaktikaning tushunchali-terminologik tizimi muntazam yangilanib va to’ldirilib borilmoqda.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, ta’lim, bilim,
ko’nikma, malaka, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, ta’lim jarayonini tashkil etish,
ta’lim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, ta’lim natijasi.



Didaktikaning asosiy kategoriyalari. 
Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda insoniyat 
tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi. 
O’rgatish
– o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.
O’rganish
– anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini
egallash jarayoni, oldin egallanganlari o’zgaradi.
O’qitish
– qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati.
Ta’lim
– o’qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko’nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.
Bilim
– ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’oyalari yig’indisi;
Ko’nikma
– egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llash
usullarini egallash.
Malaka
– avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko’nikmaning takomillashgan darajasi.
Kompetensiya –
egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish layoqati.
Maqsad
– o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo’sinda safarbar etilishi.
Mazmun
– o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash
usullari tizimi.
Tashkil etish
– qo’yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq
mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik jarayon.
Shakl
– o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i, mazmuni uchun qobiq.
Metod
– o’qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo’li.
Vosita
– o’quv jarayonining predmetli qo’llab-quvvatlanishi, yangi materialni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va
talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt.
Natija
– o’quv jarayonining so’nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin