Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
Muayyan fanga xos bo’lgan tushunchalarda
insoniyat
tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi.
O’rgatish
– o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.
O’rganish
– anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini
egallash jarayoni, oldin egallanganlari o’zgaradi.
O’qitish
– qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati.
Ta’lim
– o’qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko’nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.
Bilim
– ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’oyalari yig’indisi;
Ko’nikma
– egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llash
usullarini egallash.
Malaka
– avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko’nikmaning takomillashgan darajasi.
Kompetensiya –
egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish layoqati.
Maqsad
– o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo’sinda safarbar etilishi.
Mazmun
– o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash
usullari tizimi.
Tashkil etish
– qo’yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq
mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik jarayon.
Shakl
– o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i, mazmuni uchun qobiq.
Metod
– o’qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo’li.
Vosita
– o’quv jarayonining predmetli qo’llab-quvvatlanishi, yangi materialni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va
talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt.
Natija
– o’quv jarayonining so’nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi.