3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni Reja



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#166775
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
3 (3)

Mahsulotning sermehnatliligi
– bu muayyan turdagi mahsulotni (masalan, bitta traktorni, 
kostyumni yoki ko’ylakni) ishlab chiqarishga sarf bo’lgan ish vaqti miqdorini ifodalovchi 
ko’rsatkich hisoblanadi. 
Mehnat sig’imining uch turi bo’ladi: texnologik, to’la va xalq xo’jaligi mehnat sig’imi. 
Mehnat sarfini hisobga olish jihatiga qarab esa, u yana uch turga: rejali mehnat, normativ mehnat 
va haqiqiy (amaldagi) mehnat sig’imlariga bo’linadi. 
Iqtisodiy samaradorlikni rejalashtirish va tahlil etish nafaqat xarajat va resurslar asosiy 
turlaridan foydalanish darajasini tahlil etishni o’z ichiga olishi kerak, balki uning butunlay
o’zgarishini, yig’indi (integral) samaradorlikni baholashni ham o’z ichiga oladi. 
Mana shu maqsadda iqtisodiy samaradorlikning umumlashtiruvchi, kompleks 
ko’rsatgichlari hisoblab chiqiladi va ishlab chiqarishning pirovard natijalari shu ko’rsatkichlar 
yordamida tahlil etiladi. Bunday ko’rsatkichlar turli xarajatlar va resurslarning darajasini yig’ilgan 
turda, har xil omillarning ta’sirini hisobga oladi. 
Ishlab chiqarish-texnik vazifani hal etishning biror variantining ijtimoiy - iqtisodiy 
afzalligini asoslab berish, taqdim etilgan variantlardan eng samaraligini tanlab olish maqsadida 
aniqlanadigan samaradorlik 
qiyosiy samaradorlik
deb ataladi. Qiyosiy samaradorlik ikki va 
undan ortiq variantlarni taqqoslash va shu asosda bir variantning boshqa variantlardan ustunligi va 
uning optimalligini aniqlab beradi. 
Optimal variantni tanlab olish hamda uni asoslab berish uchun qo’shimcha kapital 
mablag’larning qoplanish muddati yoki qiyosiy samaradorlik koeffitsientini hisoblab chiqish va 
ular miqdorini normativ qiymati bilan taqqoslash kerak bo’ladi. 
Qo’shimcha kapital mablag’larning o’zini qoplash muddati (V) qo’shimcha kapital 
mablag’larning (K
2
-K
1
) mahsulot tannarxini pasaytirishdan olingan tejam (T
1
-T
2
)ga nisbati bilan 
aniqlanadi: 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin