Ishlab chiqarishning ommaviy turi. Ommaviy ishlab chiqarish bir xildagi mahsulotni
uzluksiz ravishda uzoq davr davomida ko’plab va takroran ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi.
Uchastkada, liniyada, ish joyida ishlab chiqarish jarayoni qat’iy ravishda qaytariladi. Bunday
korxonalar dam-badam bir yoki ikki xil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Ishlab chiqarishning ommaviy turi quyidagi asosiy xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
mahsulotning uncha ko’p bo’lmagan nomenklaturasini doimiy ravishda ko’plab
ishlab chiqarish;
doimiy ravishda biriktirilgan bitta operatsiyani bajarish uchun ish joyini
ixtisoslashtirish;
maxsus uskunalar va yuqori unumli anjomlarning ulushini ma’lum darajada
ko’paytirish;
mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan jarayonlarning ulushini ko’paytirish va
qo’l mehnati bilan bajariladigan ishni keskin kamaytirish;
ishlab chiqarish jarayonini qisqartirish (seriyalab ishlab chiqarishga nisbatan);
ishlab chiqarishni boshqarish funktsiyasini markazlashtirish va operativ
rejalashtirish.
Korxona ishining iqtisodiy samaradorligini oshirish ko’p jihatdan o’ziga xos har xil tipdagi
ishlab chiqarish bilan aniqlanadi va yanada ilg’or texnologiyani joriy qilish va ishlab chiqarishni
tashkil etish bilan belgilanadi. Masalan, donalab ishlab chiqarishda korxonalarning maxsus qayta
qurollanishiga ketadigan xarajatlarning tannarxdagi ulushi 1,5-2,5 foizni, seriyali turida 5-6,0
foizni va ommaviyda esa 8-12 foizni tashkil etadi.
Korxonalarda qo’llaniladigan ishlab chiqarishning hozirgi zamon usullari quyidagi
ko’rinishlarda bo’ladi: a) uzluksiz (potok); b) partiyalab va v) donalab ishlab chiqarish. Bularning
bir-biridan
farqi
ish
joyini
ixtisoslashtirish darajasi, mehnat buyumlarining ish joyidagi xarakat usuli, Sex va uchastkalarning
qurilish usullari, ritmlilik va uzluksizlik darajasi bilan belgilanadi.