Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Markaziy bankning passiv operatsiyalari



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/179
tarix28.11.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#166798
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

 
14.2. Markaziy bankning passiv operatsiyalari. 
 
Jamg’arma kanali. Milliy valyuta jozibadorligini oshirish va 
iqtisodiyotda dollarlashuv darajasini pasaytirishga qaratilgan pul-
kredit siyosatining yuritilishi transmission mexanizmning jamg’arma 
kanali ta`sirchanligini kuchaytirib bordi. 
Xususan, 2018 yilning yanvar’-oktyabr’ oylari davomida pul 
massasi tarkibida jami milliy valyutadagi jamg’arma va muddatli 
depozitlar qoldig’i 4,5 trln. so`mga yoki 55 foizga, xorijiy valyutadagi
jamg’arma va muddatli depozitlar qoldig’i esa 613 mlrd. so`mga 
yoki 11 foizga oshdi (14.1-rasm). 
Bunda jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi muddatli 
hamda jamg’arma depozitlari qoldig’i 31 foizga, yuridik shaxslarniki 
esa 81 foizga o`sdi. 
SHuni ta`kidlash joizki, jismoniy shaxslarning chet el 
valyutasidagi depozitlari qoldig’ining kamayishini asosan ularning 
jamg’arma depozitlari qoldig’ining 448 mlrd. so`mga yoki 63 foizga 
qisqarishi bilan izohlash mumkin. SHuningdek, 2018 yilning 10 oyi 
yakunlari bo`yicha milliy valyutadagi muddatli va jamg’arma 
dipozitlarning umumiy pul massasidagi ulushi yil boshiga nisbatan 4 


237 
foiz bandga ko`paydi. Jismoniy shaxslar uchun milliy valyutadagi 
muddatli hamda jamg’arma depozitlarining jozibadorligi ortishi, 
ma`lum ma`noda, aholi o`zining xorijiy valyutadagi omonatlarini 
milliy valyutaga o`tkazishini rag’batlantirdi. 
 
Muddatli va jamg’arma depozitlari qoldiqlari, 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
14.1-rasm. Manba: Markaziy bank hisob-kitoblari.
Depozitlar tarkibida kuzatilgan o`zgarishlarni 2018 yildagi 
majburiy zaxiralash tartibi va normativlarining takomillash- tirilishi 
hamda qayta moliyalash stavkasi oshirilishining depozitlar foiz 
stavkalariga ta`siri bilan izohlash mumkin. 
2018 yilning ikkinchi choragida banklar tomonidan jalb qilingan 
muddatli va jamg’arma depozitlar hajmining o`sish sur`atini ma`lum 
bir darajada milliy valyuta almashuv kursi mustahkamlanishi bilan 
ham izohlash mumkin. 2019 yilning ikkinchi yarim yilligi boshida 
bank tizimida likvidlilik darajasi o`sishi bilan pul bozorida foiz 
stavkalarining qayta moliyalash stavkasidan uzoqlasha boshlashi, 
shuningdek, milliy valyuta kursi pasayishi natijasida mazkur 
depozitlar hajmining o`sish sur`atlari to`xtadi va hatto avgust oyida 
iyul’ oyiga nisbatan biroz pasayish kuzatildi (-rasm). 
Biroq sentyabr’ oyida Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash 
stavkasining oshirilishi hamda majburiy zaxiralash bo`yicha yangi 
normativlarning kiritilishi milliy valyutadagi depozitlar bo`yicha foiz 


238 
stavkalari o`sishiga hamda aholining jamg’arishga bo`lgan xohishi 
kuchayishiga turtki bo`ldi. Ta`kidlash joizki, 2018 yilning o`tgan o`n 
oyida milliy valyutadagi muddatli va jamg’arma depozitlar tarkibida 
yuridik shaxslar depozitlari ulushi ortib bordi. Bunda foiz stavkalari 
hamda yuridik shaxslarning muddatli depozitlari hajmi orasida ijobiy 
bog’liqlik (korrelyatsiya koeffitsienti – 0,7) mavjudligi kuzatilmoqda. 
ekonometrik tahlillarga ko`ra, depozitlar bo`yicha foiz stavkasining 1 
foiz bandga oshishi (boshqa omillar o`zgarmas bo`lganda) yuridik 
shaxslarning muddatli depozitlari hajmi 100 mlrd. so`mga 
ko`payishiga olib keladi. 
Kommunikatsion kanal. 2018 yildan boshlab Markaziy bank pul-
kredit siyosatini yuritishda kommunikatsion kanalni rivojlantirishga 
ham alohida ahamiyat qaratmoqda. Joriy yilning dastlabki davrida 
Markaziy 
bank 
tuzulmasi 
tarkibida 
Xalqaro 
aloqalar 
va 
kommunikatsiyalar departamenti tashkil etildi. 
Kommunikatsion siyosatni yuritishda asosiy e`tibor pul-kredit 
siyosati sohasida qabul qilinayotgan qarorlarni aholi, tadbirkorlik 
sub`ektlari va davlat boshqaruv organlariga o`z vaqtida, oddiy va 
tushunarli tilda etkazish orqali ularning kelgusidagi pul-kredit siyosati 
sharoitlari to`g’risidagi ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilmoqda. 
Joriy yilning yanvar’-oktyabr’ oylarida Markaziy bank tomonidan 
muloqotning samarali vositalaridan foydalanish orqali nashrlar sifati 
va muntazamligi oshirib borildi. 
Pul-kredit siyosatining maqsadlari boshqa makroiqtisodiy 
siyosatlar bilan uzviy bog’liqligi kommunikatsion siyosatning yana bir 
muhim kanalini rivojlantirishda, ya`ni Markaziy bank tomonidan 
qabul qilinayotgan qarorlarning asl mohiyati va kutilayotgan 
natijalarini makroiqtisodiy kompleksga kiruvchi boshqa vazirlik 
hamda idoralarga samarali etkazish va tushuntirib borishda muhim 
ahamiyatga ega. 
Bank tizimi faoliyatining institutsional asoslari takomillashtirildi. 
Bank sektorini liberallashtirish va isloh qilishni ko`zda tutib qabul 
qilingan dasturiy hujjatlar uning samaradorligini oshirishni oldindan 
belgilab berdi. Mazkur hujjatlar zamirida bank faoliyatini 
liberallashtirish 
jarayonining 
tizimli 
va 
bosqichma-bosqichlik 
tamoyillari yotadi. Ushbu tamoyillarga amal qilish aholining 
mamlakat banklariga nisbatan ishonchini yanada mustahkamlash 


239 
imkonini berdi. Bunday yondashuv, shubhasiz, barqaror va ishonchli 
bank tizimini tashkil qilish jarayonida ulkan yutuqdir. 
2003–2004 
yillar. 
Mamlakatimizda 
liberallashtirish 
va 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida bank tizimini 
rivojlantirish davri. 
Bu davrda aholining bank tizimiga ishonchini mustahkamlash, 
banklarni respublikamizdagi yangilanishlarning moliyaviy tayanchiga 
aylantirish maqsadi qo`yildi. Uning muvaffaqiyati banklarning kelgusi 
rivojida dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim edi. Korxonalarni 
aktsiyadorlashtirish va ularning mulkchilik shaklini o`zgartirish 
jarayonlari 
jadallashdi. 
Banklar 
mamlakatimiz 
iqtisodiy 
taraqqiyotining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqib, o`z 
rivojlanish kontseptsiyasiga rioya etgan holda strategiyasini tako-
millashtirib bordi. Ularning resurs bazasini kengaytirish va 
kapitallashuv darajasini oshirish o`z faoliyatini diversifikatsiyalash, 
yangi aktsiyadorlarning mablag’larini jalb etish, IT-texnologiyalar 
asosida yangi bank mahsulotlari va instrumentlarini ishlab chiqish 
hisobiga amalga oshirildi. 
Valyuta bozorini liberallashtirishni davom ettirish va joriy 
xalqaro operatsiyalar bo`yicha so`m konvertatsiyasini ta`minlash 
uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan bog’liq bo`lgan omillar ham 
banklar faoliyatiga bevosita ta`sir ko`rsatdi. CHunonchi, 2003 yilning 
15 
oktyabridan 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Xalqaro 
Valyuta 
jamg’armasi Bitimining VIII moddasidagi majburiyatni qabul qildi. 
Natijada korxonalar joriy operatsiyalar bo`yicha konvertatsiyani 
amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ldi. Bu masala yuzasidan 
O`zbekistonning tashqi mablag’larni jalb etmay, amalda o`z 
resurslariga tayanib maqsadga erishgani yuksak e`tirofga sazovor. 
Mazkur choralar milliy valyuta konvertatsiyasidan foydalangan 
mahalliy tadbirkorlar faoliyatini kengaytirishga yaqindan yordam 
berdi. 
Bu haqiqatan ham boy va sermahsul faoliyatning qiziqarli davri 
edi. Markaziy bankning valyuta siyosati inflyatsiya darajasini ushlab 
turish va milliy valyuta kursi keskin tebranishining oldini olish 
barobarida eksportni rag’batlantirish hamda valyuta resurslaridan 
samarali foydalanishga qaratilgan edi. O`zbekistonning asosiy esport 
tovarlariga nisbatan dunyo bozorlarida qulay narx kon`yunkturasi, 
shuningdek, eksportga yo`naltirilgan valyuta siyosatining olib borilishi 


240 
eksport va oltin-valyuta zaxiralari hajmining oshishiga imkon berdi. 
Bank tizimini isloh qilishga qaratilgan ishlar davom ettirildi. Uning 
asosiy yo`nalishlari sifatida banklar boshqaruvida aktsiyadorlarning 
rolini oshirish orqali korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, 
banklar moliyaviy barqarorligini ularning aktivlari, jumladan, valyuta 
aktivlari sifatini yaxshilash evaziga kuchaytirish, bank ishini yanada 
takomillashtirish va banklar tomonidan ko`rsatiladigan xizmat 
turlarini tobora kengaytirish, tijorat banklarining investitsion 
jarayonlardagi rolini oshirish va mulkchilikning barcha shaklidagi 
tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslaridan (jumladan, xalqaro 
moliyaviy tashkilotlarning liniyalari bo`yicha ham) foydalanish 
mexanizmi takomillashtirilganini qayd etish joiz. 
2005–2006 yillar. Mamlakatimiz banklari kapitallashuv 
darajasining oshishi va ularning investitsiya jarayonlarida hamda 
iqtisodiy-tuzilmaviy o`zgarishlarda ishtiroki yanada faollashgan davri. 
O`sha kezlarda mamlakat hukumati banklarning foyda (daromad) 
solig’idan ozod qilinishiga banklar faolligi oshuvining yana bir 
zahirasi sifatida qaradi. Boz ustiga, tasdiqlangan davlat dasturlariga 
muvofiq, tijorat banklarining mini-banklar tashkil etish bilan bog’liq 
xarajatlari ham soliq undirish bazasidan chiqarildi. 
Shu tariqa, asosiy e`tibor pul muomalasini mustahkamlash va 
milliy valyuta, uning ayirboshlash kursi barqarorligini oshirish 
bo`yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu esa 
fuqarolarda katta rag’bat uyg’otib, ularning banklarga nisbatan 
ishonchini yanada orttirdi. Aholining banklarda depozit hisobraqamlar 
ochishga kirishishi bilan bog’liq ijobiy holatlar ko`paydi. Banklarning 
depozit bazasi hajmi oshdi, bank xizmatlari bozori shakllana boshladi. 
e`tiborlisi, bank mahsulotlari qatoridan yangi xizmat turlari, masalan, 
lizing xizmatlari joy ola boshladi. 
Shu o`rinda ta`kidlash joizki, mamlakatimizda chakana 
xizmatlar rivoji xalqaro bank va moliya kapitalini keng jalb qilgan 
holda qo`shma banklarning tashkil etilishiga ta`sir ko`rsatdi. 
Respublikamiz bank bozori 100 foizli xususiy kapital asosidagi yangi 
banklarning vujudga kelishi natijasida tubdan o`zgardi. Xususiy bank-
larning xizmatlar bozoridagi raqobatni kuchaytirib yuborgani 
mamlakat bank tizimi rivojida eng muhim bosqichlardan biri bo`ldi. 
Mamlakatimiz hukumati va Markaziy banki soliq imtiyozlari va 
kadrlarni tayyorlash jarayonida texnikaviy ko`mak taqdim etgan holda 


241 
ularning rivojlanishini muntazam rag’batlantirib bormoqda. Ayni 
paytda xususiy banklar soni tijorat banklari umumiy sonining qariyb 
yarmini tashkil etadi. 
Respublikamizda 
xususiy 
banklar 
rivojlanishini 
izchil 
rag’batlantirish raqobatni kuchaytirishga, ko`rsatilayotgan bank 
xizmatlari sifatini yaxshilashga va moliyaviy resurslarning samarali 
taqsimotiga turtki berdi. Bu esa, o`z navbatida, xususiy tadbirkorlikni 
rag’batlantirish va rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta`sir 
ko`rsatmoqda. 
2006–2007 yillar. Ipotekaviy kreditlashning rivojlanish davri. 
Bank xizmatlarining mazkur yangi shakli mahalliy aholi tomonidan 
darhol ijobiy baholandi. Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, 
yoshlarni ijtimoiy himoyalashni ko`zda tutuvchi ushbu manba 
O`zbekiston Respublikasi “Iste`mol krediti to`g’risida”gi va “Ipoteka 
to`g’risida”gi Qonunlari orqali mustahkamlandi. 
O`zbekiston Respublikasining“Iste`mol krediti to`g’risida”gi 
Qonuni iste`molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga 
qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonun turar-joy va maishiy 
sharoitlarni yaxshilash borasida aholining imkoniyatlarini yanada 
kengaytirishga, binobarin, banklarda iste`mol kreditlash hajmining 
sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi. 
2006 yilning oktyabr oyida esa O`zbekiston Respublikasi 
“Ipoteka to`g’risida”gi qonuni kuchga kirdi. Ko`chmas mulkni xarid 
qilish uchun kreditlar ajratishning huquqiy mexanizmini o`zida 
mustahkamlagan ushbu qonun hujjati bank ipotekaviy kreditlash 
rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Undan ko`zlangan asosiy maqsad 
ko`chmas mulkka garov qo`yishda yuzaga keluvchi munosabatlarni 
tartibga solishdan iborat edi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2005 yil 16 fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi qarori doirasida uy-joylar 
qurilishini uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimida bir qator 
mexanizmlar joriy etildi. 
Bu davrda, shuningdek, banklarning strategiyalari naqd pul 
muomalasini mustahkamlashga, har bir filialda naqd pul zahiralarini 
shakllantirishga va o`z faoliyatida samaradorlikni oshirishga qaratildi. 
“2005–2007 yillarga mo`ljallangan bank tizimini isloh qilish va 
rivojlantirish dasturi”da belgilangan chora-tadbirlarning amalga 
oshirilishi banklar kapitallashuv darajasi va ko`rsatkichlarining 


242 
barqaror o`sishini ta`minlagan holda, bank tizimini yanada isloh qilish 
va liberallashtirishda muhim omil bo`ldi. Bu borada pul muomalasini 
mustahkamlash va milliy valyuta, uning ayirboshlash kursi 
barqarorligini oshirish, banklarda aholi omonatlarini ko`paytirishni 
rag’batlantirishga ustuvor yo`nalishlar sifatida e`tibor qaratildi. 
Rivojlanish sari doimiy ravishda intilayotgan tijorat banklariga 
mamlakatimiz hukumati tomonidan o`z vaqtida taqdim etilgan 
imtiyozlar kredit muassasalari o`z yangi instrumentlarini ishlab 
chiqadigan va taklif qiladigan bank-moliya bozorining shakllanishini 
oldindan belgilab berdi. 
2008–2009 yillar. Ushbu yillarda aholi va tadbirkorlik 
sub`ektlari uchun bank chakana mahsulotlarini rivojlantirish bank 
faoliyatining muhim yo`nalishiga aylandi. 
Mazkur 
yo`nalishda 
banklar 
o`z 
faoliyatini 
dunyoviy 
amaliyotning “oltin” printsipidan kelib chiqqan holda olib bordilar. 
YA`ni, 
aholiga 
ko`rsatiladigan 
xizmatlarning 
jozibadorligi 
tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish keng imkoniyati bilan 
mutanosib holda rivojlantirildi. Davom ettirilgan islohotlar bank 
faoliyatini aholining turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat 
kasb etuvchi, ilgari qabul qilingan “Iste`mol krediti to`g’risida”gi va 
“Ipoteka to`g’risida”gi qonunlar doirasidagi faolligini yanada 
kuchaytirdi. 
O`zbekiston tijorat banklari respublikamizdagi va jahon bank 
hamjamiyatidagi yangi voqelikka javoban o`zlari taklif etayotgan 
xizmatlari to`plamini kengaytirdi, bozorga yangi bank mahsulotlarini 
chiqardi va ayni paytda moliya institutlari faoliyatining xalqaro 
standartlarini faol joriy etishga kirishdi. Xorijiy va mahalliy 
ekspertlarning qayd etishicha, so`nggi yillar davomida respublikada 
asosiy tamoyil — ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida 
universallashtirishni chuqurlashtirish kuzatilmoqda. Bu esa bank ope-
ratsiyalari mazmuni va kredit munosabatlari mohiyatini oldindan 
belgilab beradi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin