13.3. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya;
“banklarning banki” funktsiyasi.
Markaziy bank banknotalarni muomalaga chiqarish bo`yicha
monopol mavqeiga ega. Bu «banknota yakka hokimligi», deb ham
ataladi.
Banknotalar
mamlakat
hududidagi
hisob-kitoblarda
cheklanmagan miqdorda qabul qilinuvchi yagona to`lov vositasidir.
Markaziy bankning naqd pullarni berish jarayonidagi monopol
mavqei, uning barcha pul massasining hajmini, shu jumladan, tijorat
banklarining hisob-raqamlaridagi pul mablag’larini ham nazorat
qilishiga imkon beradi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki xaqidagi qonunning
34-38- chi moddalarida Markaziy bank mamlakatda muomalaga pul
chiqarish huquqiga ega bo`lgan monopol bank ekanligi qayd etilgan.
SHu nuqtai nazardan, u muomaladagi pul massasining barqaror
ravishda aylanishiga javobgardir.
Markaziy bank uchun banknotalarning xarid qobiliyatini
barqaror darajada saqlab turish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, eng
avvalo, muomaladagi banknotalar miqdorining o`zgarishiga bog’liq.
Bu holatni hisobga olgan bir qator markaziy banklar, xususan,
Germaniya Markaziy banki rahbariyati muomaladagi naqd pul
massasini tartibga solishni, kreditlash hajmini nazorat qilish bilan bir
1
Faure A.P.Central banking & Monetary Policy; An Introduction./Essence of central banking
.2013.
227
qatorda, milliy valyutaning barqarorligini ta`minlashning muhim
sharti, deb hisoblaydi.
«Banklarning banki» funktsiyasi.
Markaziy bankning «banklarning banki» sifatidagi funktsiyasi,
bizning fikrimizcha, asosan, quyidagi to`rt yo`nalishda namoyon
bo`ladi:
Barcha tijorat banklari o`z mablag’larining ma`lum qismini
Markaziy bankdagi foizsiz hisob-raqamlarida minimal rezervlar
sifatida saqlashga majburdirlar.
Xususan, Germaniya Federativ respublikasida 1984 yildan
boshlab, asosan, barcha tijorat banklari bilan bir qatorda uzoq
muddatli qo`yilmalar bilan shug’ullanuvchi kredit institutlari va
qurilish jamg’arma kassalari ham minimal rezervlarini Markaziy
bankda saqlashga majbur bo`ldilar.
11
Bank mijozlari o`zjamg’armalarining yoki kreditlarining
ma`lum qismini Markaziy bank biletlarida, ya`ni naqd pullarda
oladilar. Mijozlarning bu talabini tijorat banklari Markaziy bankdagi
muddatsiz
jamg’armalarining
istalgan
paytda
naqd
pulga
almashtiriladigan qismi hisobidan qondiradilar. Markaziy bank ana
shunday yo`l bilan butun bank tizimining to`lovga qobilligiga ta`sir
qiladi. Ammo, bundan har bir tijorat banki o`zining naqd pullarga
bo`lgan talabini faqatgina ikki muhim vazifani hal qilish imkoniyatiga
ega bo`lib turibdi. Birinchidan, minimal emission bank mablag’lari
hisobidangina qondira oladi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Ayrim
banklarda banknotalarning ortiqcha zaxirasi mavjud bo`ladi va ular
boshqa banklarga bu pullarni kreditga berishi mumkin. Pul bozori
rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon texnik jihatdan juda silliq
ko`chadi. SHunisi xarakterliki, tijorat banklaridagi ortiqcha naqd
pullar miqdori emission bank yaratgan pullar miqdoriga tengdir.
Demak, tijorat banklarining banknotalarni kreditga berish imkoniyati
cheklangan. Bu esa, ularning banknota emissiyasi sohasida Markaziy
bankka bog’liqligini saqlab qoladi.
SHunday qilib, Markaziy bank rezervlar tizimi orqali bank
tizimining to`lovga qobilligini ta`minlayotgan bo`lsa, ikkinchidan, pul
bozoridagi naqd pullarga bo`lgan talabni boshqarish orqali tijorat
1
Немецкий Федеральнқй банк. Специальное издания Немецкого Федерального банка,
№7, 1993 г., стр. 64.
228
banklarining pul va kredit ekspansiyasini nazorat qilish imkoniyatiga
ega bo`layapti.
2. Markaziy bank barcha tijorat banklari va boshqa kredit
institutlari uchun «so`nggi kreditor»dir.
Tijorat banklari vaqtinchalik likvidli kredit oladilar. Bu
kreditlar, albatta, tijorat veksellari bilan, davlatning qimmatbaho
qog’ozlari bilan yoki bankning boshqa qarz majburiyatlari bilan
ta`minlangan bo`lishi kerak.
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish
bo`yicha amalga oshiradigan doimiy operatsiyalari tufayli pul
bozorining mq`tadil faoliyati ta`minlanadi. Bu esa, o`znavbatida,
tijorat banklariga mijozlarga qulay bo`lgan foiz stavkalarida kreditlar
berish imkoniyatini yuzaga keltiradi.
Ayni vaqtda, Markaziy bank, tijorat banklariga bergan kreditlari
uchun belgilaydigan foiz stavkalarini qzgartirish yo`li bilan kredit
resurslariga bo`lgan talabni tartibga solish imkoniyatiga ega bo`ladi.
3. Markaziy bankning ushbu funktsiyasi doirasidagi uchinchi
yo`nalish, asosan, ikki holatda namoyon bo`ladi. Markaziy bank
mamlakat hududida amalga oshiriladigan hisob-kitoblar shakllarini,
ularni qo`llash tartibini va muddatini belgilab beradi. Xususan, Nemis
Federal banki to`g’risidagi qonunda Bundesbankning «hisob-kitoblar
tizimining banklar tomonidan mamlakatda va xorij bilan bo`lgan
aloqalarda ijro etilishi to`g’risida g’amxo`rlik qilishi» belgilab
qo`yilgan.
Haddan ziyod katta miqdordagi zaxiralarni tijorat banklari
tomonidan saqlab turilishi xazina va tijorat veksellari kabi pul bozori
vositalariga bo`lgan talabni qisqarishiga olib keladi. SHu bilan birga,
tqlovning kechikishi yuqori inflyatsiya sharoitida kelib tushadigan pul
mablag’lari real qiymatining pasayishiga, davlat va korxonalar
tomonidan kreditga bo`lgan talabning kuchayishiga olib keladi.
Bunday sharoitda restriktsiyaviy pul-kredit siyosatining amalga
oshirilishi, shubhasiz, mablag’lar etishmovchiligi natijasida ijro
etilmagan to`lov topshiriqnomalarining to`planib qolishiga va
korxonalarning o`zaro qarzdorlik summalarining sezilarli darajada
o`sishiga olib keladi.
4. Mamlakat bank tizimining mo``tadil faoliyat ko`rsatishida
Markaziy bankning qanday usullar yordamida va qay darajada tijorat
banklari faoliyatini nazorat qilishi muhim ahamiyatga ega.
229
Hozirgi kunga kelib banklar faoliyatini nazorat qilish
rivojlangan xorijiy davlatlarda markaziy banklarning muhim
faoliyatiga aylandi. Faqat Buyuk Britaniya Markaziy bankigina
nisbatan kech, ya`ni 1979 yilda rasman, qonuniy asosda banklar
faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo`ldi.
Bundesbankning bu sohadagi o`ziga xos xususiyati shundan
iboratki, u bevosita banklar faoliyatini nazorat qilish bilan
shug’ullanmaydi. Balki nazoratni Federal nazorat mahkamasi amalga
oshiradi. Ammo Bundesbank nazorat mahkamasiga yaqindan
ko`maklashadi. Xususan, ushbu mahkamaning joylarda bo`linmalari
mavjud emas va u to`liq Federal bankning joylardagi muassasalaridan
foydalanadi. Bundan tashqari, qarorlar qabul qilishda nazorat
mahkamasi bir qator masalalar bo`yicha Markaziy bankning roziligini
olishi kerak. Masalan, banklarning o`zkapitali va to`lovga layoqatliligi
xususida qaror qabul qilinishi uchun albatta, Bundesbankning roziligi
bo`lishi shart.
Markaziy bankning banklar faoliyatini nazorat qilishining eng
asosiy sababi mamlakatda bank tizimiga bo`lgan yuksak ishonchni
ta`minlash. Bu ishonch tijorat banklarining o`zmijozlari - huquqiy va
jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlarini to`liq va o`z vaqtida bajara
olishi orqali ta`minlanadi.
SHuning bilan birga xozirgi kunda iqtisodiyotni tartibga
solishni yangi mexanizmlari ishlab chiqilmoqda
1
.
Markaziy bank, davlat banki sifatida, Davlat byudjetining
kassali bajarilishini amalga oshiradi, davlat organlarining naqd pulsiz
operatsiyalarini ma`lum qismini amalga oshiradi, xukumatning tashqi
qarzlarini to`lashga xizmat qiladi, byudjet defitsitining ma`lum
qismini qoplashga va boshqa davlat muassasalarining xarajatlarini
moliyalashtirish maqsadlariga qisqa muddatli kreditlar beradi. Hamda
xukumatga pul-kredit va valyuta masalalari bo`yicha maslahatlar
beradi.
Masalan, Bundesbank davlat banki sifatida Federatsiyaga,
ma`muriy-hududiy bo`linmalarga hamda Federatsiyaning parabyudjet
fondlariga kreditlar berish huquqiga ega. Bu kreditlar hajmi
cheklangan bo`lib, qisqa muddatli xarakterga egadir.
1
Faure A.P.Central banking & Monetary Policy; An Introduction./Essence of central banking
.2013.
230
Davlat banki sifatida Bundesbank, xukumat nomidan uning
obligatsiyalarini, moliyaviy veksellarini sotadi va ularni sotish uchun
e`lon qiladi. U federal zayomlar kursini barqaror darajada saqlanishi
uchun javobgar hisoblanadi.
Markaziy bank davlatning asosiy bankiri va xukumatning
moliyaviy maslahatchisi bo`lib hisoblanadi. Bu borada:
−
xukumat miqyosidagi tashkilotlarning hisob raqamlarini
yuritadi;
−
davlat zayomlarini chiqarish, saqlash va ular bilan tegishli
operatsiyalarni amalga oshiradi;
−
xukumatga kredit beradi;
−
davlatning oltin-valyuta va qimmatbaho toshlardan iborat
rezervini o`zida saqlaydi va boshqaradi;
−
mamlakat miqyosida valyuta kursini o`rnatadi, foiz siyosatini
yurgizadi va davlatning boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlariga
javob beradi. Ular bilan korrespondentlik munosabatlarini o`rnatadi va
olib boradi.
Markaziy bankning davlat banki sifatidagi funktsiyasining
muhim kqrinishlaridan biri xukumatning tashqi qarzlarini tqlash
jarayonida namoyon bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |