259
16-MODUL. TIJORAT BANKLARI VA ULARNING
FUNKSIYALARI
16.1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari.
Tijorat banklarining tashqiliy tuzilishi.
16.2. Tijorat banklarining funksiyalari. Tijorat banklari
faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslari.
16.3. Tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash. Tijorat
banklarining tashqiliy tuzilishi.
16.4. Jamiyatda vaqtinchalik bo`sh pul mablag’larining
yuzaga kelishi. Pul mablag’larini tijorat banklarida to`planishi.
16.1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari. Tijorat
banklarining tashqiliy tuzilishi.
Taniqli iqtisodchi olimlar, jumladan Lavrushin “tijorat
banki
→
bu tashkilot emas balki korxona deb hisoblaydi. Ularning fikriga ko`ra
tijorat banklari ham mahsulot yaratadi. Tijorat banklari nomoddiy
shaklga ega bo`lgan mahsulotlarni yaratadi. Misol:
depozit
va
kredit
.
Lekin amaliyotda tijorat banklarini kredit muassasasi va kredit
tashkiloti deb atash keng tarqalgan. Tijorat banklarining yuridik shaxs
sifatidagi o`ziga xos maqomni quyidagi
holatlarda yaqqol namoyon
bo`ladi.
Tijorat banklari butun iqtisodiyotda subektlari hamda aholini
kreditlaydigan qudratli moliya institutlari hisoblanadi. Bugungi kunda
ularning kreditlarisiz biror bir mamlakatda iqtisodiy o`sishni
ta`minlash va uy-joy muammosini hal qilish mumkin emas.
Tijorat banklari aholiga va xo`jalik yurituvchi subekt, hisob-kitob
kassa xizmat ko`rsatadigan moliyaviy institut hisoblanadi.
Tijorat banklari faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat
qiladigan moliya institutidir. Davlat odatda tijorat banklari faoliyatini
Markaziy bank orqali nazorat qiladi. Bunday qattiq nazoratning asosiy
sababi banklarga depozitlar va
omonatlar berish huquqini
berilganligidir.
Tijorat banklari shartnoma asosida mijozlarga moliyaviy
xizmatlar ko`rsatadigan kredit institutlari hisoblanadi.
260
Bu moliyaviy xizmatlarning bahosi bank va mijoz o`rtasidagi
kelishuvga asoslandi. Hech qaysi davlat organi bank xizmatlari
bahosini shakllanish jarayonida aralashishiga haqqi yo`q.
Tijorat banklari mijozlarning bankka jalb etilgan mablag’larini sir
tutishi ni kafoltlaydigan moliya institute hisoblanadi.
Bu kafolatlar
bank siri to`g’risidagi qonunda o`z ifodasini topadi.
Tijorat banklari ishlab chiqarish, sug’urta va savdo faoliyati bilan
shug’ullanish man etilgan instituti.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lar doirasida kredit
resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining
poydevori
hisoblanib, uning depozit va omonatlar jalb qilishga
bo`lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo`yicha raqobat
muhitining yuzaga kelishiga asos bo`ladi. Undan tashqari chetdan jalb
qilingan va qo`yilgan mablag’lar mutanosibligi banklarda depozitlarni
jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag’lardan unumli
foydalanishga asos yaratadi.
Tijorat bankning ikkinchi va asosiy
tamoyillaridan biri bu
Dostları ilə paylaş: