Journal of marketing, business and management (jmbm)



Yüklə 292,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix25.10.2023
ölçüsü292,32 Kb.
#161324
  1   2
bozor-tamoyillarida-menejment-tushunchasi-va-uning-predmeti



JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM) 
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 1 (March) ISSN: 2181-3000 
Page 17 
BOZOR TAMOYILLARIDA – MENEJMENT TUSHUNCHASI VA UNING 
PREDMETI 
 
Omonkeldiyev Jamshid Umid o’g’li 
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi 
Denov, Surxandaryo, O’zbekiston 
jomonkeldiyev1@gmail.com
 
 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada menejment so’zining umumiy ta’rifi, 
menejment sohasi, predmeti va vazifalari to’g’risida keng ko’lamli tushunchalar 
yoritib o’tiladi. Qolaversa, ushbu maqolada bozor tamoyillaridan biri sifatida 
menejment sohasi jarayonlari va xususiyatlari keltirib o’tilgan. 
Kalit so’zlar: 
menejment, menejment fani, menejment predmeti. 
Kirish.
Bozor iqtisodiyotida turli mulkchilikka asoslangan minglab korxonalar 
faoliyat yuritishini tasavvurga sig’dirish qiyin emas. Korxonalar faoliyatini u yoki bu 
darajadagi boshqaruvini tashkil etish, shu korxona rahbarining boshqaruv qobiliyatiga 
bog’liq. Uning qobiliyati esa menejment sohasidagi bilimlarni qanchalik darajada 
egallanganligi bilan o’lchanadi. Shu nuqtai nazardan menejment so’zi bizning 
hayotimizda bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq kirib kelgan so’zlar qatoridan joy oldi. 
Menejment ( inglizcha management ) - u yoki bu faoliyat turini tashkil etish va 
rahbarlik qilish, iqtisodiy, moliya va boshqa inson hayotidagi ishbilarmonlik sohasini 
tashkil qilish va boshqarishni bildiradi. Bozor iqtisodi va ishlab chiqarish iqtisodining 
erkin boʻgini uchun zarur bo'lgan boshqaruv turidir [1]. 
Inglizcha “menejment” so’zi, boshqaruv degan ma’noni anglatsa-da, dastlab 
asov otlarni tushovlash ma’nosini bildirgan. Keyinchalik bu atama ikki gildirakli 
aravaga nisbatan qo’llanila boshlangan. Bugungi kunda esa gap odamlarni, 
jamoalarini boshqarish xususida boryapti. Bu o’rinda odamlar mehnati, xohish 
irodasidan foydalanib mo’ljaldagi maqsadlarga erishish tushuniladi.
Shunday qilib, “menejment” atamasi quyidagi ma’nolarni anglatadi: 
1. Boshqaruv; 
2. Inson organidagi bilimlar sohasi: 
3. Boshqaruvni amalga oshirganlarning ijtimoiy qatlami [2]. 
Menejment soʻzi juda keng darajadagi maʼnolarni anglatuvchi soʻz hisoblanib, 
maʼnolari bir-biridan farq qiluvchi jihatlari anchagina.Va bularning hammasi umumiy 
tushunchaga birlashtiradigan boʻlsak, menejment – dunyoni boshqarish. 
Menejment barcha turdagi resurslarni (ya’ni tabiiy, mehnat, moliyaviy va 
hokazo) samarali biriktib, foyda olishni bilish, uni ko’paytirish bilan bog’liq soha 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM) 
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 1 (March) ISSN: 2181-3000 
Page 18 
bo’lganligi tufayli uchta jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul 
qilinishini talab etadi. 
Xarajat – bu mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, tovarni sotish va 
xodimlarga to’lash uchun sarflanadigan mablag’lardir. Uning tarkibiga: 

mahsulot (yoki xizmat) tannarxi, 

ma’muriy xarajatlar, 

ijara va foiz to’lovlari, 

ish haqi, 

soliqlar kiradi. 
Naf – bu mahsulot yoki xizmatlarning iste’molchilarga qanchalik darajada 
ijobiy natija keltirishidir. Haridornig harid qilish aniqligi tovarning naflilik 
darajasining qanchalik yuqoriligidan kelib chiqadi. 
Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita 
asosiy vazifani bajaradi: 

resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi; 

ishlab chiqarish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. 
Kundalik hayotimizda menejment va menejer so’zlari juda ko’p qo’llaniladi. 
Dastlab menejment fan sifatida AQShda paydo buladi. Menejment — bu boshqaruv, 
ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni 
bilish, uni ko’paytirish jarayonidir. 
Bu o’ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov 
asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilishdir. 
Menejment fani bu — boshqaruvchiga tanlovni to’g’ri amalga oshirishni va 
oqil qarorni qabul qilishni o’rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor 
munosabatlari sharoitida barcha bo’g’inlarda samarali ishlay oladigan yuqori 
malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqib, menejment 
quyidagilarni o’rganadi: 

Boshqarish nazariyasi va amaliyoti

Boshqarish prinsipi va usullari; 

Boshqarish madaniyati; 

Boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilshi; 

Ishlab chiqarishni boshqarish; 

Samaradorlikni boshqarish; 

O’z-o’zini boshqarish; 

Hududiy boshqarish va hokazolar. 
Fanning predmeti boshqaruv jarayonidagi kishilarning munosabatlarini, 
boshqaruv qonunlari, tashkiliy tarkibi, texnika texnolgiyasini o’rganishdan iborat [3]. 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM) 
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 1 (March) ISSN: 2181-3000 
Page 19 
Har bir ishchining ijodiy faolligi, sodiqligi va malakasini oshirish tufayli 
kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni boshqarish va texnika-
texnologiya bazasini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish yo’li 
bilan firma faoliyatida daromad olish yoki foyda ko’rishni ta’minlash menejment 
fanining tub maqsadini bildiradi. Shuningdek, firmani muvaffaqiyatli boshqarish, 
biznesda ichki va tashqi muhit ta’siriga xos rahbarlikni olib borish, tashkilotdagi 
kelishmovchilik masalalarini hal etish ham menejment fanining ana shunday 
maqsadlaridandir. 
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, 
nazorat qilish va belgilangan maqsadlarning qanchalik darajada muvaffaqiyatga 
erishganligini bozor muhitining o’zi baholaydi. Ishlab chiqarish masshtabining 
kengayishi, ta’minotda resurslar hajmining ortib borishi bilan boshqaruv vazifalari 
ham murakkablashib boradi. 

Yüklə 292,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin