256
tan olingan. SHunday bo`lsa-da, Nemis Federal bankining 100 foiz
kapitali Federatsiyaga, Federal Rezerv Tizimi kapitali esa, 100 foiz
a`zo-banklarning to`liq mulkiga tegishli. Va aksincha, banklar va
sug’urta kompaniyalarining mulkiga tegishli bo`lgan Italiya Markaziy
banki davlat boshqaruv organlariga qaramdir.
Bu omilning tahlilidan ko`rinadiki, markaziy banklar kapitali
egalarining tarkibidan qat`iy nazar, ular uning
pul-kredit siyosatidagi
mustaqilligiga ahamiyatli ta`sir ko`rsata olmaydi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ham Germaniya,
Buyuk Britaniya, Frantsiya, Gollandiya, Daniya va Rossiya kabi
davlatlarning markaziy banklari guruhlari
qatoriga kiritish mumkin,
chunki bu guruhlar kapitalining 100 foizi ham davlat mulki
hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiyotdagi
qrnini ham uning mamlakat xukumati bilan bo`ladigan munosabatidan
bilish mumkin. Barcha mamlakatlarda Markaziy banklarning faoliyati
Markaziy bank to`g’risidagi qonun bilan tartibga solinadi. qonunda
Markaziy bank faoliyatining barcha jihatlari o`zaksini topgan bo`lishi
kerak. CHunki, Markaziy bank uchun xukumatning boshqa qonun
hujjatlari “Markaziy bank faoliyati to`g’risida”gi qonun oldida ustuvor
emas.
Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a`zolarini qonun
bo`yicha ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan.
Ko`pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar (Germaniya,
Buyuk
Britaniya, YAponiya, AQSH, Daniya, Avstriya, SHveytsariya va
Gollandiya)ning markaziy banklar raislarini, boshqaruv a`zolarini
saylangan
muddatlaridan
ilgari
ishdan
bo`shatib
bo`lmaydi.
Xukumatga yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo`lgan
markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya).
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi haqida “Markaziy
bank faoliyati to`g’risida”gi qonunning 20, 21 - moddalarida to`xtalib
o`tilgan. O`zbekiston Respubli-kasi Markaziy banki raisi 5 yil
muddatga saylanadi. qonunning 22-moddasida “Markaziy bank
Raisining birinchi o`rinbosari va o`rinbosarlari Markaziy bank
Raisining taqdimiga ko`ra Oliy Majlis Kengashi tomonidan lavozimga
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi”, deyilgan.
257
SHunday qilib, Markaziy bank boshqaruvining saylovi va ishdan
bo`shatish tartibi mamlakat Markaziy
bankining davlat boshqaruv
organlariga nisbatan bo`lgan mustaqilligini namoyon etadi.
O`zbekiston
Respublikasining
“Markaziy bank haqida”gi
qonunida Markaziy bankka quyidagi vazifalar yuklatilgan. Bular:
−
pul muomalasini tartibga solish;
−
so`mning qadrini oshirishni ta`minlash;
−
pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
−
tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari faoliyati ustidan
nazorat qrnatish;
−
tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha operatsiyalarni amalga
oshirish;
−
davlatning tashqi qarzini to`lash va oltin-valyuta rezervlarini
boshqarish.
Qonun O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga pul-kredit
siyosati mexanizmlarini tanlashda keng mustaqillik berilgan. Misol
tariqasida, kreditlarning foiz stavkasini, banklarga qrnatilgan iqtisodiy
me`yorlarni, qimmatbaho qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan
operatsiyalarni, majburiy rezervlar miqdorini aniqlash va shu kabilarni
keltirish mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ham kiritish mumkin.
qonunning 48-moddasida bu haqda quyidagilar bayon etilgan:
“Kreditlar hukumatga Oliy
Majlis tasdiqlagan miqdorda, erkin
muomalada bo`ladigan va olti oylik muddat ichida qiymati
to`lanadigan qarz majburiyatlari ko`rinishida, tasdiqlangan davlat
qimmatli qog’ozlari garovga qo`yilishi sharti bilan beriladi. Bunday
qimmatli qog’ozlar Moliya Vazirligi tomonidan chiqariladi,
bozor
stavkasi bo`yicha to`lanadigan daromad manbaiga ega bo`ladi va
Markaziy bankka topshiriladi. Kredit muddatlari erkin muomaladagi
qarz majburiyatlarini to`lash muddatlariga muvofiq kelishi lozim.
Kredit berish xukumat va Markaziy bank o`rtasida alohida kredit
shartnomasi tuzish bilan rasmiylashtiriladi, unda kreditning miqdori,
qaytarilish muddatlari, to`lanadigan foizlar normasi va ssudani uzish
tartibi kelishib olinadi.
Markaziy bank xukumatga obuna bo`yicha
badallar uchun yoki
respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga a`zoligidan kelib
258
chiquvchi boshqa to`lovlar uchun ancha uzoq muddatli kreditlar
berishga haqli.
Markaziy bank xukumatga ushbu moddada nazarda tutilganlardan
tashqari hollarda moliyaviy yordam berishga haqli emas”.
1
Biroq, iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish hajmining pasayishi
hamda inflyatsiyaning o`sish tendentsiyasi davom etayotgan davrda
Markaziy bankning byudjetni engilliklar
bilan moliyalashtirishi
kuzatilmoqda.
Xukumat bilan Markaziy bank o`rtasidagi kreditlash borasidagi
o`zaro munosabatlarni jahon mezonlariga moslash uchun 1 yilgacha
beriladigan kreditlardan tashqari hamma zayomlarni Davlat qarz
obligatsiyalari sifatida qayd etish lozim.
SHu holatda O`zbekiston banki ochiq bozorda operatsiyalar
o`tkazib, davlatning ichki qarzini investorlarga foydaliroq shartlarda
qayta taqsimlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: