151
Ba`zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir
necha boshqa fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar
faoliyatini nazorat qilishni
amalga oshirish uchun zarur, deb
ta`kidlanadi. Agar bu fikr to`g’ri deb qaraydigan bo`lsak, kreditning
zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo`ladi, chunki u qarz berish
orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish
fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan ob`ektiv jarayonlarga
emas, balki bankning kredit operatsiyalari
orqali qarz oluvchining
faoliyatini nazorat qilish istagiga bog’liq bo`lib qoladi.
Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish
mumkinki
,
kreditning ob`ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish
jarayonida
fondlarning
doiraviy
aylanishi
qonuniyatlariga
asoslangandir.
Kreditga zarurat tug’ilganda quyidagi manbalardagi bo`sh
mablag’lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu
manbalar asosan quyidagilardir:
➢
asosiy fondlarni tiklash, kapital tamirlash
uchun ajratiladigan
amortizatsiya sifatidagi pul mablag’lari;
➢
tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish
vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo`sh
pul mablag’lari;
Dostları ilə paylaş: