11
erishish, his-tuyg‘ularni qondirish; 4) moksha - о‘zgarish zanjiridan butunlay xalos
bо‘lish.
Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari о‘z xudolariga bag‘ishlab
minglab katta-kichik ibodatxonalar kurganlar. Bu dinga e’tiqod kiluvchilar
"muqaddas joylar", daryolar va boshqa har xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi
orasida yovuz ruhlarga e’tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar - hо‘kiz,
sigar, maymun va ilon kabilarga ham sig‘inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar.
Masalan, hinduizm tarafdorlari sigirni sahiylik manbai va gо‘zal ayol timsoln deb
hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirlarni sо‘ymaslik va gо‘shtini emaslikni targ‘ib
kiladilar. Ammo hinduizm sigar sutini ichishni va undan xо‘jalikda ish hayvoni
sifatida foydalanishni ta’qiqlamaydi.
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga
e’tiqod qiluvchilar Banoras shahrini ham mukaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga
kо‘ra, gо‘yo Gang daresi qirgog‘ida kishi hayotdan kо‘z yumsa, narigi dunyodagi
hayoti ancha engillashar, jannatga yо‘l olar degan diniy fikr bor.
Hinduizmning
xarakterli
xususiyatlari,
yuqorida
qayd
kilingandek,
jamiyatdagi kishilarni tabaqalarga - kastalarga
1
ajratishdir. Hozirgi paytda
kishilarni tabaqalarga bо‘lish taqiqlangan. Ammo tabaqalarga bо‘linish minglab
yillar davom etganligi va kishilarning ongiga chuqur singib ketganligi uchun bu
masalada muayyan qiyinchiliklar yuz bermoqda. Hinduizmning "muqaddas"
yozuvlariga Veda
2
,
Upanishadlar
3
kiradi. Keyinchalik "Maxabxarata" va "Ramayana" dostoniga
о‘xshash, diniy marosimlar va urf-odatlar singdirilgan har xil afsona, rivoyat,
hikmatli sо‘zlar, epik dostonlar paydo bо‘la boshladi.
XIX asrning boshlarida hinduizm milliy-ozodlik harakati g‘oyalariga katta
ijobiy ta’sir kо‘rsatdi. Shu bilan hinduizmda shovinistik diniy e’tiqodlarni targ‘ib
qilgan bir qator oqimlar ham paydo bо‘lgan.
Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka,
Bangladesh, Gavana va hindlar yashaydigan boshka hududlarda tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: