2
Dinshunoslik fani talabalarda din,
uning turli shakllari, ta’limotlari,
yо‘nalishlari, mazhablari haqida tо‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniy va
dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan tо‘g‘ri dunyoqarashni
shakllantishdan iborat.
Shuningdek, asosiy vazifalaridan biri xozirgi kunda О‘zbekiston jahon
xamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli
konfessiya vakillari bilan
muloqot qilishda diniy bag‘rikenglik xam katta axamiyatga ega. Shuningdek, kо‘p
millatli О‘zbekistonda 90 foizdan ortiq mahalliy xalqlar islom diniga e’tiqod
qiladi, demak yoshlarga islom dining shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi,
madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qо‘shgan
xissasini, ijtimoiy hayotimizdagi
о‘rnini kо‘rsatib berishdan iborat.
Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari.
DINNING IJTIMOIY FUNKSIYALARI
Birinchidan, har qanday din о‘z e’tiqod qiluvchilari uchun tо‘ldiruvchilik, tasalli
beruvchilik – kompensatorlik vazifasini bajaradi.
Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bо‘lishi hodisasini olaylik. Inson о‘z hayoti,
turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bо‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy
maqsadlariga erishishi ilojsiz bо‘lib kо‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy
ehtiyojga zaruriyat sezadi. Bu dinga bо‘lgan ehtiyoj edi. Din bu о‘rinda ma’naviy-ruhiy
ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda.
Masalan, buddizm dini rohiblikni targ‘ib
qilar ekan, bu dunyoda orzu-havaslardan,
rohat-farog‘atdan voz kechgan inson
nirvana
holatiga erishgach, abadiy rohatda bо‘lishini
ta’kidlaydi. Yoki har bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning
turli
muammolarini yengib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. Chunki xristianlik Iso
Masih qaytib kelgach, barcha izdoshlarini saodatli hayotga yetkazishi haqidagi ta’limotni
ilgari suradi.
Islom dinida esa, har bir musulmon bu dunyoda erishmagan
moddiy yoki ruhiy orzu-
istaklariga oxiratda erishishiga ishongan holda dunyo orzu-havaslariga ortiqcha berilmay,
turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.
Ikkinchidan,
muayyan din о‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, о‘ziga e’tiqod
qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham
shunday.
Dostları ilə paylaş: