187
shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bо‘lib xizmat qiladi. Bu – g‘oya bir
jamiyatda yashab, yagona maqsad yо‘lida mehnat qilayotgan turli millat va
elatlarga mansub kishilar о‘rtasidagi о‘zaro hurmat, dо‘stlik va hamjihatlikning
ma’naviy asosidir”
1
. “Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan
millatlarni о‘zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash istiqlol
mafkursining asosiy
maqsadlaridan biridir. U halqimizga xos bо‘lgan olijanoblik va insonparvarlik
fazilatlariga asoslanadi”.
Millatlaro totuvlik shaxsda mavjud bо‘lgan baynalminal tarbiyaning
natijasida vujudga keladi. Biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarni baynalminal ruhda
tarbiyalash uchun mavzu mazmuniga bog‘liq holda
biologiya fanining rivojiga
hissa qо‘shgan jahonning yetuk olimlari, ularning hayoti va ijodiy faoliyati, jahon
sivilizatsiyasiga buyuk hissa qо‘shgan turli millat vakillari bilan tanishtirish orqali
ularga ular tomonidan yaratilgan umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida
tarbiyalash maqsadga muvofiq.
Baynalminal tarbiya о‘qitishning barcha shakllarida,
shu jumladan, sinfdan
tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshirish, bunda biologiya
fanining rivojiga hissa
qо‘shgan jahonning yetuk olimlari, ularning hayoti va ijodiy faoliyatiga
bag‘ishlangan kechalar tashkil etish va о‘tkazish tavsiya etiladi.
Tabiatshunoslikni о‘qitish samaradorligi ta’lim
va tarbiyaning uzviyligini
amalga oshirilishiga bog‘liq. Mazkur masalalar biologiyani о‘qitish metodikasida
alohida о‘rganilishi, ta’lim-tarbiya jarayonining barkamol shaxsni shakllantirishda
tutgan о‘rnini kо‘rsatish bilan izohlanadi, lekin о‘qitish
jarayonida bu masalalar
bir-biri bilan uzviy, uyg‘unlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Tabiatshunoslikni о‘qitishda ta’lim va tarbiyaning uzviyligini amalga
oshirish uchun quyidagilarni nazarda tutish lozim:
О‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish shaxsning rivojlanishida
muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish о‘quvchilar
tomonidan fan asoslarini chuqur о‘rganishi bilan uzviy bog‘langan.
Ilmiy
dunyoqarash - barcha ta’lim-tarbiyaviy jarayonning asosi.
188
Mehnat tarbiyasi о‘quvchilarni ta’lim va kasbga yо‘naltirish bilan uzviy
bog‘langan. О‘quvchilarda mehnat kо‘nikmalarini shakllantirish,
mehnat
faoliyatiga tayyorlash, shaxsning ilmiy-nazariy bilimlarni о‘zlashtirganlik darajasi,
vatanparvarligi va jismoniy rivojlanishiga asoslanadi.
Estetik tarbiya ma’naviy-axloqiy, aqliy, mehnat, gigiyenik va jismoniy tarbiya
bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshiriladi.
О‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini,
ularning aqliy, ma’naviy-axloqiy,
ekologik, estetik va gigiyenik tarbiya bilan uyg‘un holda vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: