180
Ekologik tarbiya.
“Hozir XXI asr bо‘sag‘asida, fan-texnika taraqqiyoti jadal
sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Dunyoning jо‘g‘rofiy-siyosiy tuzilishi о‘zgar-
moqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga kо‘rsatilayotgan ta’sirini
tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning
о‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning о‘zaro munosabatlarida
muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bо‘lib qolmoqda”
Sayyoramizda ekologik muammolar va tanglik yuz berayotgan jarayonda
о‘quvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish zarurati kelib chiqadi.
Ekologik madaniyat umumiy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sanalib,
shaxsning ma’naviy hayoti va kundalik hayotida hatti-harakat shaklida namoyon
bо‘ladigan, hayotning va tabiatning bebaho ahamiyatini anglash, ularni asrab
avaylash, muhofaza qilishda faollik kо‘rsatish kabi sifatlarni о‘z ichiga oladi.
Ushbu madaniyat albatta о‘quvchilarning ekologik ta’lim va tarbiyasi asosida
vujudga keladi. Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi о‘quvchilarda tabiatga
nisbatan burch va ma’suliyat, ongli munosabatni tarkib toptirish, sharqona odob-
ahloq meyorlariga mos xulq-atvorni shakllantirish sanaladi.
О‘qituvchi
har
bir
darsda,
sinfdan
tashqari
mashg‘ulotlar
va
ekskursiyalarda о‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish bо‘yicha rejali
va muntazam ish olib borishi zarur.
Tabiatshunoslikni о‘qitishda ekologik masalalar keng qamrovli bо‘lib, hamma
о‘quv fanlarida mujassamlashgan. Ushbu о‘quv materiallari о‘quvchilarning
tabiatdagi uyg‘unlik, unda sodir bо‘ladigan hodisalar, о‘zgarishlar, ular о‘rtasidagi
uzviylik va mazkur uzviylikni, о‘zaro bog‘lanishlarni buzib yuborish osonligini
tushunishga imkon beradi. Masalan, qishloq xо‘jaligi dalalarida zaharli pestitsid va
gerbitsidlardan foydalanish, kо‘zlangan natijaga olib kelishi mumkin, lekin bu
jarayonda dorivor о‘simliklar va foydali hasharotlar ham nobud bо‘ladi. Ularni
yegan qushlar ham qirilib ketadi. Natijada shu arealdagi oziq zanjiri buzilib ketishi,
о‘simliklar qoplami ham muayyan darajada о‘zgarishlarga uchrashi tayin.
О‘qituvchi biologiya о‘quv fanini о‘qitish orqali ekologik tushunchalar:
organizm va muhitning о‘zaro bog‘liqligi, tabiiy jamoalarning almashinuvi,
181
biogeotsenozlar, ekologik sistemalarning о‘zgarishi, biosfera, insonning ekologik
omil ekanligi va h.k. о‘quvchilar tomonidan mustahkam о‘zlashtirishlari, kо‘nikma
va malakalarni egallashiga erishishi lozim.
О‘quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirishda quyidagi vazifalar
amalga oshirilishi lozim:
О‘quvchilar tomonidan tabiatning yaxlitligi, jamiyat va tabiatning о‘zaro
aloqadorligi haqidagi ilmiy bilimlarni о‘zlashtirish, tabiatga nisbatan ongli
munosabatni tarkib toptirishga asos bо‘ladigan ekologik bilim, kо‘nikma va
malakalarni egallashga erishish;
Tabiat va uning tarkibiy qismlarining keng ma’nodagi ahamiyatini
tushunish, tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklarning farqiga yetish;
Tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish, atrof-muhitning tozaligini
asrash, kо‘kalamzorlashtirish va tabiiy boyliklarni kо‘paytirish uchun amalga
oshiriladigan tadbirlar, ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish motivlarini
shakllantirish.
Ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda quyidagi kо‘rsatmalarga amal
qilish zarur:
Tabiat va atrof muhitni о‘rganish va о‘zlashtirish insonning bilish va amaliy
faoliyati birligi asosida tashkil etiladi. Shu sababli о‘qituvchi biologiyani
о‘qitishda tabiatning har bir tarkibiy qismi, shu jumladan, о‘simliklar,
hayvonlarning tuzilishi va hayotiy jarayonlari о‘rganilganda о‘quvchilarga ilmiy
bilimlar berish bilan birga, mazkur bilimlarni amaliyotga tatbiqi haqida ham
ma’lumot berishi, har bir organizmga tashqi muhitning kо‘rsatadigan ta’siri,
organizmlarning yashash muhitiga moslashishini tushuntirilishi;
Insonning jonsiz va jonli tabiatga, о‘simliklar olami va hayvonot dunyosiga
kо‘rsatgan ijobiy va salbiy ta’sirini yoritish asosida, tabiat, inson va jamiyat
munosabatlari tushuntirilishi, fan sohalari bо‘yicha tо‘plangan ilmiy bilimlar
integratsiyasi va fanlararo bog‘lanishlar amalga oshirilishi;
Sayyoramizda vujudga kelgan lokal va global ekologik muammolarni hal
etishda dunyo hamjamiyati, davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati, ya’ni
182
ushbu ekologik muammolarning hal etilishida davlatlararo umumiy aloqadorlik
masalalari haqida ma’lumot berilishi;
О‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish barkamol shaxsni
kamolga yetkazish borasida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning asosiy
tarkibiy qismi ekanligini nazarda tutish zarur.
Dostları ilə paylaş: |