II. Gnoseologik tushunchalar ham ikki guruhga ajratiladi:
Biologik g‘oya, kashfiyot va nazariyalarning tarixi haqidagi tushunchalar.
Bu tushunchalar turkumiga evolyusion nazariya, evolyusiya dalillari,biogenetik
qonun, filembriogenez nazariyasi, hayotning paydo bо‘lishi va rivojlanishi
haqidagi nazariyalar, biosfera va uning evolyusiyasi nazariyalari, nuklein
kislotalar, transformatsiya, transduksiya, kо‘chib yuruvchi genetik elementlar,
rekombinat DNK, transgen о‘simliklar, hayvon gibridomalarining kashf etilishi,
irsiyatning moddiy asosini о‘rganish tarixi, gen injeneriyasi va biotexnologiyaning
rivojlanishiga hissa qо‘shgan kashfiyotlar, О‘zbekistonda gen injeneriyasi sohasida
qо‘lga kiritilgan yutuqlar kiradi.
Metodologik ya’ni borliqni ilmiy bilish metodlari haqidagi tushunchalar.
Biologiya va ekologiyani о‘rganishda foydalaniladigan metodlar, о‘simlik va
hayvon irsiyatini о‘zgartirishda, DNK ni bо‘laklarga ajratish, rekombinat DNK,
transgen о‘simlik va gibridomalar olishda qо‘llanilgan metodlar shular
jumlasidandir.
Kasbga yо‘naltiruvchi tushunchalarni uch guruhga ajratish mumkin:
Texnologik tushunchalar. Bu guruhga hujayrada DNK, RNK sintezi, oqsillar
biosintezi, genetik injeneriya va biotexnologiyada amalga oshiriladigan jarayonlar,
transgen о‘simlik va gibridomalar olish, irsiy kasalliklarning gen injenerlik tashxisi
biotexnologiyasini ishlab chikilishi xaqidagi tushunchalar misol bо‘ladi.
199
Iqtisodiy tushunchalar. Mazkur guruhga sun’iy tanlash yordamida yangi nav,
zot, shtammlarni yaratish, genlarni klonlash, transgen о‘simliklar va
gibridomalarning istiqbollari, ulardan xalq xо‘jaligida foydalanishdan kо‘riladigan
foyda asosida shakllantiriladigan tushunchalar kiradi.
Tabiatni muhofaza qilishga oid tushunchalar. Respublikamizda tabiatni
muhofaza qilish bо‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar va meyoriy hujjatlar,
“Qizil kitob”, ekologik muhitning tirik organizmlarga kо‘rsatgan ta’siri, turli
kasalliklar va mutatsiyalarning kelib chiqish sabablarini tushuntirish orqali
о‘kuvchilarda tabiatga nisbatan ongli munosabat tarkib toptiriladi va tabiatni
muhofaza qilish tushunchalari shakllantiriladi.
Biologiyani о‘qitishda tushunchalarni shakllantirish barobarida kо‘nikmalar
ham tarkib toptiriladi. Ushbu kо‘nikmalarning eng asosiylari amaliy va о‘quv
mehnati kо‘nikmalari 15-jadvalda berilmoqda.
15-jadval
Amaliy va о‘quv
Mehnati kо‘nikmalari
Kо‘nikmalar tarkibiga kiradigan usullar
Laboratoriya jihozlari
va asboblari bilan ishlash
kо‘nikmalari
О‘simliklardan
gerbariy,
hasharotlardan
o’quv qo’llanma tayyorlash
kо‘nikmalari
О‘simliklar
ustida
kuzatish
va
tajribalar
о‘tkazish kо‘nikmalari
Obektlarni
tanish
kо‘nikmalari
Kattalashtiruvchi asboblar bilan ishlash, mik-
ropreparatlarni
tayyorlash,
ularni
mikroskop
yordamida kо‘rish, bakteriyalar uchun oziq muhitini
tayyorlash, bakteriyalarni klonlash, laboratoriya
mashg‘uloti uchun kerakli jihozlarni tanlay olish va
asrash.
О‘simliklar va hasharotlarda yashash uchun
kurash,
moslashishlar,
tabiiy
tanlanish
va
idioadaptatsiyani о‘rganish bо‘yicha о‘tkazilgan
kuzatishlar
asosida
gerbariylar,
kolleksiyalar
tayyorlash, ularni talab darajasida rasmiy-lashtirish.
Hasharotlarda moslashish, yashash uchun kurashga
oid o’quv qo’llanmalar tayyorlash va uni jihozlash.
О‘simliklar va hayvonlarda yashash uchun
200
О‘quv
mehnati
kо‘nikmalari
kurash, tabiiy tanlanish va irsiyat qonunlarini
о‘rganish bо‘yicha kuzatish va tajribalar о‘tkazish.
Evolyusiya dalillari, oziq zanjirini tashkil
etuvchi organizmlar, organizmlardagi moslanish
turlari, transgen о‘simliklar va gibridomalarni ajrata
olish.
Darslikda
va
boshka
qо‘shimcha
о‘quv
adabiyotlardagi matnni mustaqil о‘zlashtirish, asosiy
g‘oya va tushunchalarni ajrata olish, rasm, jadval,
sxemalarni izohlash, savollarga javob topish, о‘z
fikrini qisqa va lо‘nda bayon etish, asoslash, misollar
yordamida dalilay olish, о‘quv materialini qayta
ishlash, qisqa matn tuzish, ma’ruza, referat
tayyorlash va ularni talab darajasida rasmiylashtirish.
DTS ning ikkinchi kengaytiruvchi tarkibiy qismi о‘kuvchilarda ijodiy
faoliyat tajribalarini shakllantirishga mо‘ljallangan bо‘lib, mustaqil va ijodiy fikr
yuritishga asos bо‘lib xizmat qiladi.
О‘qituvchi yangi mavzu bо‘yicha о‘quv topshiriklarini tuzganda
о‘quvchilarning о‘rganilayotgan obektni avval о‘rganilgan obektlar bilan
taqqoslashi, о‘xshashlik va farqlari, о‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashi, mazkur
obektlar о‘rtasidagi umumiylik, о‘rganilayotgan obektning о‘ziga xos tomonlari,
eng muhim jihatlarini topishi buning uchun avval о‘zlashtirgan bilimlari va
kо‘nikmalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llab yangi mavzu mazmunini
о‘zlashtirish imkoniyatini nazarda tutmog‘i lozim.
DTS ning uchinchi tarkibiy yordamchi qismi о‘kuvchilarning biologiya
о‘quv faniga bо‘lgan qiziqishlari va ehtiyojlari asosida о‘qituvchi tomonidan olib
boriladigan darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar hamda о‘kuvchilarning
mustaqil ta’limini о‘z ichiga oladi.
201
О‘quvchilarning mustaqil ta’limi qо‘shimcha о‘quv adabiyotlari, internet,
multimedialar vositasida muayyan mavzularda izlanishlar olib borishi, ma’ruza va
referatlar tayyorlashi, о‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar ustida kuzatish
va tajribalar о‘tkazishi, ularning natijalarini izohlash va rasmiylashtirishlari,
respublikamizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida va ekologik
muammolarni hal etishga oid tashkil etiladigan turli tanlovlar uchun materiallar
tayyorlash, olimpiadalarga tayyorgarlik kо‘rish kabilarni о‘z ichiga oladi.
DTSning bu tarkibiy qismining samaradorligi о‘quv muassasasining
yо‘nalishi, о‘kuvchilarning kelgusida egallaydigan mutaxassisligi va ularning
ehtiyoji, qiziqishi, о‘kituvchining pedagogik bilim, mahoratiga bog‘liq bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |