O’zbekiston Respublikasi Xalq


Qiziqish –  shaxs harakatiga sabab bo’ladigan faoliyat yo’nalishining ongli  shakli.  Yakunlovchi davlat attestatsiyasi



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Qiziqish – 
shaxs harakatiga sabab bo’ladigan faoliyat yo’nalishining ongli 
shakli. 
Yakunlovchi davlat attestatsiyasi 
– bakalavr yoki magistr darajasiga 
qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq holda ma’lum talab va tartiblar vositasida 
bitiruvchi tomonidan ta’lim dasturining bajarilishi sifatini baholash. 
Yaxlit pedagogik jarayon
– tarbiya jarayonida ta’lim va ta’lim jarayonida 
tarbiya berishning o’zaro singib ketgan, yaxlit holga kelgan jarayoni. 
O’zlashtirish
– 1) o’ziga singdirish, tushunish, bilish, 2) muayyan bilim, 
ko’nikma, malakalarni egallashga qaratilgan jarayon; 3) ijtimoiy tajriba natijalari 
bilan shaxsiy tajriba natijalarini qo’shilishi. 
O’qitish
– o’qituvchining ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga 
qaratilgan faoliyati. O’qitish: 1) ta’limning o’ziga xos usuli bo’lib, shaxsga nazariy 
va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) o’quvchi 
va o’qituvchi, o’quvchining boshqa o’quvchilar bilan aloqasi natijasio’laroq atrof – 
muhit qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o’rganilish usullarini bilishning 
muntazam boshqarilish jarayoni. 
Maqsad
– faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash. 
Maqtov 
– foydali ish qilgan shaxsni, jamoani og’zaki taqdirlash. 
Metodika
– pedagogikaning tarkibiy qismi bo’lib, shaxsni shakllantirishda 
muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to’g’risidagi hamda ta’lim- 
tarbiyaberishning mazmuni, shakli va metodlari, qisqacha aytganda, ilmiy bilish 
faoliyatining shakllari va metodlari majmui haqidagi fan. 
Metodologiya
– 1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi ta’limot; 2) biror fanda, 
shu jumladan, pedagogikada qo’llaniladigan metodlar majmui. 



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin