O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

218 
Ko’nikma – 
o’rganish natijasida qo’lga kiritilgan, biror harakatni nazoratsiz, 
avtomatik tarzda bajarish qobiliyatlari. 
Laboratoriya ishi
– asbob-uskunalar va boshqa texnik moslamalardan 
foydalangan holda tajribalar o’tkazish, biror hodisani maxsus jihozlar yordamida 
o’rganish. 
Loyihalash metodi – 
o’rganislishi lozim bo’lgan mavzu, muammo, maslani 
aniqlab, uni yechish uchun kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish, 
qo’yilgan maqsadni va uni bajarish qanday natijaga olib kelishini loyihada aks 
ettirish hamda uni amalga oshirishni o’rgatadigan metod.
Mavzuni o’rganishdan qo’yilgan maqsad – 
mavzuni o’rganish tufayli 
erishiladigan natijani oldindan fikran belgilash. 
Malaka – 
shaxsning o’zi egallagan bilimlari asosida ma’lum bir faoliyatni 
yangi sharoitdagi yangiliklar bilan birga, samarali bajarish qobiliyati. 
Malaka amaliyoti – 
o’quv jarayonining nazariy bilimlarni mustahkamlash, 
amaliy ko’nikma va uquv hosil qilish, ta’lim dasturining ma’lum yukuni, qismidagi 
mavzu bo’yicha materiallar to’plash uchun o’tkaziladigan qismi. 
Masala yechish metodi – 
berilgan raqamlar

dalillar, hujjatlar asosida hisob-
kitob qilish orqali noma’lum natijani topish, uni tahlil qilish va xulosa chiqarishni 
o’rgatadigan metod. 
Masofadan (distension) o’qitish – 
talabani mustaqil bilim olishga asoslangan 
ta’lim jarayonini yangicha tashkil etish bo’lib, ko’pincha yoki doimo o’qituvchidan 
vaqt va masofa jixatidan ajralgan holda, o’quv materialini xatlar, topshiriqlar yoki 
audiovisual vositalar orqali mustaqil o’rganishdir. 
Mafkura – 
g’oya va qarashlar tizimi. 
Ma’ruza 
(arabcha, leksiya (lot, lectio) – o’qish) – o’quv materiali, biror 
masala, mavzu kabilarning izchil, ma’lum bir tizimga solingan bayoni. 
Mashq – 
o’zining bilimlarini chuqurlashtirish hamda tegishli malaka va 
ko’nikmalar hosil qilish maqsadida harakatlarni og’zaki va yozma ravishda takror 
amalga oshirish. 



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin