117
17-§
MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYASI.
Biologiya darslarida muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish
muhim о‘rin tutadi.
Muammoli dars (“Aqliy hujum”) quyidagi bosqich asosida tashkil etiladi:
I – bosqich.
Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bо‘lgan о‘quvchilar
dan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish.
II – bosqich.
Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bо‘lgan
о‘quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriq
ning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
III – bosqich
. О‘quvchilarning bilish faoliyatini о‘quv muammolarini
hal etishga yо‘naltirish.
IV – bosqich.
О‘quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bо‘yicha
axborotlarini tinglash.
V – bosqich.
Kichik guruhlar о‘rtasida о‘quv bahsi va munozara
о‘tkazish.
VI – bosqich
. Umumiy xulosa yasash.
“Aqliy hujum”
da о‘quvchilar avval о‘zlashtirgan
bilimlarini yangi
vaziyatlarda qо‘llab, bilimlarini kengaytiradi,
chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat
usullarini egallaydi.
“Aqliy hujum”
darslari dasturdagi
muayyan bir mavzuni
о‘rganishga bag‘ishlanadi.
Mazkur darsning didaktik maqsadi:
1. О‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali tahsil olishga va
fanga qiziqishlarini orttirish, bilimlarini kengaytirish.
2. О‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma
va malakalarini
odatiy, tanish va kutilmagan yangi vaziyatlarda qо‘llash orqali yangi bilimlarni
egallashga erishish.
3. О‘quvchilarning bilimidagi mavhum tushunchalarni
aniqlash va ularga
barham berish, bilim olishga bо‘lgan intilishni rivojlantirish.
118
4. О‘quvchilarning nutqini о‘stirish, о‘z fikrini lо‘nda va mantiqan tо‘g‘ri
bayon etish, ularni dalillash kо‘nikmalarini hosil qilish.
“Aqliy hujum”
darslarining tuzilishi quyidagicha bо‘ladi:
О‘qituvchining kirish sо‘zi. Bunda о‘qituvchi dars mavzusining maqsadi va
vazifalari, ilmiy munozara о‘tkaziladigan muammolarning umumiy tafsiloti, darsda
о‘quvchilar guruhi bajaradigan о‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi. О‘quvchilarni
teng sonli kichik guruhlarga ajratish. О‘quvchilar faoliyatini munozarali va
muammoli masalalarni bajarishga va hal etishga yо‘llash; О‘quvchilar
guruhi
о‘rtasida о‘quv bahsi va munozarani tashkil etish; О‘quv
bahsi va munozara
yakuni. О‘qituvchi dars davomida о‘quv bahsi va munozara keltirib chiqargan
muammolar yechimidagi asosiy g‘oya va tushunchalarni ta’kidlab,
xulosalar
yasaydi. О‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. О‘quv baxsi va
munozaralarda faol ishtirok etgan о‘quvchilar rag‘batlantiriladi va reyting tizimiga
muvofiq baholanadi.
Dostları ilə paylaş: