110
Xususiy metodik darajada muayyan bir о‘quv fani, kursni о‘qitish
jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta’lim mazmunini
о‘quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan о‘qitish metodlari, vositalari va
shakllarining o’quv qo’llanmasi tushuniladi. Lokal (modul) darajada ta’lim-tarbiya
jarayonining ma’lum bir qismida mazkur qismning xususiy didaktik va tarbiyaviy
maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi.
Pedagogik texnologiyalarning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir-birini
tо‘ldiradi va taqozo etadi. Hozirgi zamon ta’lim tizimida
hukmronlik qilayotgan
an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni
tubdan о‘zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga kо‘ra
quyidagi
guruhlarga
ajratish
mumkin:
Pedagogik
munosabatlarni
insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya;
О‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining
samaradorigini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologik. Ta’lim jarayonini
tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik
texnologiyalar.
О‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash
asosidagi pedagogik texnologik. Xalq pedagogikasi
metodlaridan foydalanishga
asoslangan pedagogik texnologik.
Quyida shu texnologiyalarga qisqacha tо‘xtalamiz.
1. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish
asosidagi pedagogik texnologiya; Mazkur texnologiya о‘qituvchi va о‘quvchi
shaxsi о‘rtasidagi munosabatlarni mukammalashtirish, о‘quvchi shaxsiga
individual yondashish, ta’lim-tarbiya
jarayonini demokratlashtirish, ta’lim
mazmunini insonparvarlik g‘oyalari bilan boyitishni nazarda tutadi.
2. О‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya
jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiY. Mazkur
texnologiya biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish
va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Bu
111
texnologiyalar guruhi didaktik-о‘yin, rivojlantiruvchi, muammoli, modulli va
kommunikativ ta’lim texnologiyalarini о‘z ichiga oladi.
3. Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini
oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. Ushbu
texnologiyalar biologiyani
о‘qitishda ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish orqali
samaradorlikni oshirishga imkon beradi. Ularga dasturli о‘qitish, differensial
ta’lim, ta’limni individuallashtirish, guruhli va jamoaviy hamkorlik,
uyg‘unlashtirilgan ta’lim texnologiyalari kiradi.
4. О‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash
asosidagi pedagogik texnologiY. Mazkur texnologiya о‘quv materialini didaktik
jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash orqali о‘quvchilarning
bilimlarni
о‘zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirish, aqliy faoliyatni bosqichma-
bosqich shakllantirish orqali mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirishni nazarda
tutadi.
5. Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan pedagogik
texnologiY. Mazkur texnologiya shaxs kamoloti va tabiiy rivojlanishi ta’lim-
tarbiya jarayonining uzviyligiga asoslanadigan tarbiya texnologiyalaridan iborat.
Biologiyani о‘qitishda ushbu texnologiyalardan foydalanish о‘quvchilarni
mustaqillik prinsiplari va Ona-Vatanga sadoqat,
milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular qalbi va ongiga milliy istiqlol
g‘oyalarini singdirish imkonini beradi.
Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida lokal (modul) va xususiy
metodik darajada qо‘llaniladi.
Biologiya о‘qituvchisi о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va
boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida lokal
(modul) darajada qо‘llashi maqsadga muvofiq. Bunda avval yangi mavzu
о‘rganilib, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma
malakalarini nazorat
qilish va baholashda nazorat testlari, turli о‘yin mashqlar, musobaqa, trening
о‘tkazadi. О‘quvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan kо‘nikma va
112
malakalarni egallagandan sо‘ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni
о‘tkazishi, ya’ni xususiy metodik darajada qо‘llashi mumkin.
Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya
talablari asosida tashkil etiladi. Bunda о‘qituvchi о‘rganiladigan
mavzuning
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi
texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida о‘quvchilarning bilish
faoliyatini tashkil etishning о‘ziga xos xususiyatlari, darsda о‘quvchilarning bilishi
lozim bо‘lgan о‘quv topshiriqlari, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimini nazorat
qilish va baholash yо‘llarini belgilashi lozim. Biz pedagogik
texnologiyalarning
о‘ziga xos xususiyatlari, mohiyati va mazmuniga kо‘ra ikki guruhga ajratdik:
Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini о‘zgartirishda
qо‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar.
Dostları ilə paylaş: