1.6.1-jadval
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‟yicha o‟rtacha oylik nominal
hisoblangan ish haqi (ming so‟m)
Yanvar - dekabr
Respublikadagi o‘rtacha
hisoblangan ish haqiga
nisbatan %da
2016-yil
2017-yil
2016-yil
2017-yil
Respublika bo‘yicha
1293,8
1453,2
100
100
Shu jumladan
Sanoat
1863,8
2091,7
144,1
143,9
Qurilish
1619,1
1808,4
125,1
124,4
Savdo
1500,5
1650,7
116
113,6
Tashish va saqlash
1763,9
1945,8
136,3
133,9
Yashash va ovqatlanish xizmatlari
913,4
1035,3
70,6
71,2
Axborot va aloqa
2042,2
2498,5
157,9
171,9
Moliyaviy va sug'urta
2140,1
2694,1
165,4
185,4
Ta'lim
1038,9
1160,1
80,3
79,8
So'g'liqni saqlash va ijtimoiy
xizmatlar ko'rsatish
887,8
980,8
68,6
67,5
San'at, ko'ngil ochish va dam
olish
1272,1
1367
98,3
94,1
Boshqa faoliyat turlari
1109,7
1239,4
85,8
85,3
Manbaa:
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida muallif
tomonidan ishlab chiqildi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, respublikamizda so‗nggi yillarda xizmat
ko‗rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‗yicha izchil choralar ko‗rilmoqda.
Xizmatlar bozori tarkibi xizmatlarning yangi istiqbolli turlari – bank-moliya,
sug‗urta, yashash va ovqatlanish, ta‘lim, transport, shaxsiy xizmatlar, axborot-
kommunikatsiya xizmatlari va boshqalarni rivojlantirish hisobiga takomillashib
bormoqda. Oilalarni murakkab maishiy texnika, kompyuterlar va shaxsiy
42
avtotransport bilan ta‘minlashning keskin oshishi ularga ko‗rsatilayotgan
xizmatlarning jadallik bilan ko‗payishiga imkon yaratdi.
Biroq, shuni tan olish kerakki, haqiqatda mazkur sohani rivojlantirishda jiddiy
kamchiliklar ham yo‗q emas. Ayniqsa, bandlikni oshirish va aholi daromadlarini
ko‗paytirish hamda mahalliy budjetlarni to‗ldirishning istiqbolli manbai sifatida
xizmatlar sohasi imkoniyatlaridan kam foydalanilmoqda. Xizmatlar hamda servis
sohasi ayniqsa qishloq joylarda juda sust rivojlanmoqda. Bozor munosabatlari
sharoitida bu soha juda tez rivoj topadigan hamda o‘zini oqlaydigan sohalardan
biridir. Chunki, ushbu soha juda katta mablag‗ talab qilmaydigan, kichik va
xususiy tadbirkorlikka mos va juda tez rivojlanishi mumkin bo‗lgan sohadir.
Mamlakatimizda qaror topgan tinchlik, barqarorlik va fuqarolar hamjihatligi
respublikamizda olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy sohadagi tub
islohotlar muvaffaqiyatiga tobora bog‗liq bo‗lib bormoqda. Mustaqillik yillari
davomida aholini ish bilan ta‘minlashga barcha sharoitlar yaratib berildi. Bandlik
tuzilmalari takomillashtirildi, mehnat faoliyati turlari kengaytirildi va mehnatga
bo‗lgan munosabatda ko‗zga ko‗rinarli ijobiy siljishlar yuz berdi. O‘zbekistonda
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida mehnat bozorini tartibga solish,
bu boradagi tashkiliy-huquqiy negizlarni takomillashib borayotganligidan dalolat
bermoqda.
Ayni damdagi iqtisodiy islohotlarning pirovard vazifalaridan biri esa aholini
xizmat ko‘rsatish va servis sohasiga jalb qilishni yanada kuchaytirish chora-
tadbirlari bo‗lib, respublikada tadbirkorlar va mulkdorlar qatlamini shakllantirishni
kengaytirish va shuning asnosida aholi bandligini, iqtisodiy va ijtimoiy
farovonligini o‗sishini taminlashga erishishdan iboratdir.
Tan olish lozimki, aholini ish bilan band etish masalalarini bartaraf etishda
xizmatlar sohasining ahamiyati beqiyosdir. Xizmat ko‗rsatish sohasini
rivojlantirish aholi bandligi darajasini oshishiga jiddiy tasir qiladi. Bundan
tashqari, mazkur sohada yangi ish o‗rinlarini tashkil etilishi nafaqat budjetni
iste‘molga ajratadigan harajatlarini yengillashtirishga imkon beradi, bunga
43
qo‘shimcha ravishda respublika va mahalliy byudjetlarni soliqlar hisobidan
to‘ldirish vazifasini ham bajaradi.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish natijasida mamlakat iqtisodiyotida quyidagi
ijobiy natijalar kuzatiladi:
mamlakat iqtisodiyoti diversifikatsiya va modernizatsiya qilinadi
(yangidan yangi sohalar ishga tushiriladi);
iste‘mol bozorida rivojlanish kuzatiladi hamda iste‘mol tovarlarining
turlari ko‗payadi;
davlat budjeti profitsitiga erishiladi;
ishsizlik muammolari bartaraf etiladi va hokazo.
Yuqoridagilarning yaqqol isboti sifatida xizmatlar sohasining YaIM dagi
ulushini misol qilishimiz mumkin. Oxirgi 10 yilda (2008-2017 yillar) YaIMda 2,1
barobar o‗sish kuzatilgan. Iqtisodiy o‗sishning asosiy omillari va manbalari tahlili
shuni ko‗rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o‗sish sur‘atlari
qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishning 1,8 marta (2008-2017 yillar uchun o‗rtacha
yillik o‗sish – 6,1 %), sanoatda – 1,7 marta (5,4 %), qurilishda – 3,4 marta (13,4
%), xizmatlar sohasida – 2,3 marta (8,8 %) o‗sganligi hisobiga ta‘minlandi.
Dostları ilə paylaş: |