II. Fanning maqsadi Maqsad talabalar ushbu kursda qatnashish orqali quyidagilarni amalga oshirishlari mumkin:
O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatchilikka oid qonunlar, iqtisodiy jinoyatchilikning kelib chiqish
sabablari, shart-sharoitlari, mulkiy jinoyatlar, soxta tadbirkorlik jinoyati, jinoiy daromadlarni
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimi, bank-moliya, kredit
sohasidagi iqtisodiy jinoyatlar, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash
jinoyati, sanoat tarmoqlari majmuidagi iqtisodiy jinoyatlar, yashirin iqtisodiyotning vujudga kelishi
hamda iqtisodiy va korrupsiyaga oid huqubuzarliklar, “FATF (FATF) – pul mablag‘larini yuvishga
qarshi kurash bo‘yicha moliyalashtirish choralarini ishlab chiqish guruhi” ning standartlarini tadbiq
etishni tushunishi.
Ushbu kursda keltirilgan iqtisodiy jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, mulkiy jinoyatlar,
soxta tadbirkorlik jinoyati, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoiy daromadlarni
legallashtirishga hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimi to‘g‘risida mulohaza
qilish.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar,
iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish
vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba: Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning zarurligini tushunishi. Iqtisodiy jinoyatchilikka
qarshi kurashishning turli darajalarini bilib olishi va tushunishi. Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi
kurashishning turli xil strategik variantlarni bilib olishi. Har bir iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi
kurashishning funksiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan afzallik va kamchiliklarni, turli xil
4
kombinatsiyalarini baholay olishi. Turli manbalardan ma’lumotlarni qidirish, tahlil qilish va sintez
qila olishi.