2
FAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
Fan kodi:
ECOCRI7.5
Fan nomi:
Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi
Semestr/Yil
: 3-semestr/ 2022-2023 o‘quv yili
Kafedra:
Iqtisodiy xavfsizlik
Soatlar/kreditlar miqdori: 7.5 ECTS
Ma’ruza
Amaliy
mashg‘ulot
Mustaqil ta’lim
Jami
42
48
135
225
Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi:
Auditoriya va vaqti:
Dars jadvaliga asosan
Prerekvizitlar:
Fan uchun mas’ul kafedra:
Iqtisodiy xavfsizlik kafedrasi
O‘QITUVCHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
O‘qituvchi:
Tursunov Bobir Ortikmirzayevich
Kafedra joylashgan joyi:
TDIU, 5-o‘quv binosi, 217-xona
Telefon:
71-232-69-93 ish telefoni
E-mail:
tursunovbobir1984@gmail.com
Talablarni qabul qilish vaqti
: Talabalar darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi bilan uchrashish uchun
o‘qituvchi elektron pochtasiga xat bilan murojaat qilib, uchrashuv vaqtini belgilab olishlari mumkin.
I. Fan tavsifi
Ushbu fan “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi” deb nomlanib, unda iqtisodiyot
sohasidagi jinoyatlarning umumiy tavsifi, mohiyatini o‘rganishdan iborat. Kurs iqtisodiy
jinoyatchilikka oid qonunlar, iqtisodiy jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari,
mulkiy jinoyatlar, soxta tadbirkorlik jinoyati, jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimi,
bank-moliya, kredit sohasidagi iqtisodiy jinoyatlar,
soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash jinoyati, yashirin
iqtisodiyotning vujudga kelishi hamda iqtisodiy va korrupsiyaga oid huqubuzarliklarni o‘rganishga
bag‘ishlangan.
Kurs davomida iqtisodiyot sohasidagi
jinoyatlarning belgilari; iqtisodiy jinoyatchilikka
qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimini, respublika iqtisodiyoti taraqqiyotining xarakterli
xususiyatlari; iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning mavjud holati va ularni hal etish mexanizmlari,
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning oldini olish choralari, xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga
qarshi
kurashish, “FATF (FATF) – pul mablag‘larini yuvishga qarshi kurash bo‘yicha
moliyalashtirish choralarini ishlab chiqish guruhi”ning xizmat va vazifalari, pullarni yuvish,
terrorizmni moliyalashtirish, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqalishi va konfiskatsiya qilish haqida,
iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning xorij tajribasini qo‘llay olish, iqtisodiyot sohasidagi
jinoyatlarning mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlilini amalga
oshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Kurs tinglovchilarga iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini
tahlil qilish uchun
ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llashga imkon beradi.
Fanning vazifalari –
“Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi” fanning predmeti, maqsadi va vazifalarini
o‘rganish;
Iqtisodiy jinoyatchilikning umumiy tavsifi. iqtisodiy jinoyatchilikning evolyusiyasi tushunib
borish;
3
Iqtisodiy jinoyatchilikka oid qonunchilik va iqtisodiy jinoyatchilikning jinoiy-huquqiy
tavsifi o‘zlashtirish;
Iqtisodiy jinoyatchilikning kriminologik tavsifi o‘rganish;
Iqtisodiy jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va oldini olish choralari
o‘rganish;
Mulkiy jinoyatlar, mulkni o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishga
choralarni o‘rganish;
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to‘siqlar. soxta tadbirkorlik jinoyati.
tadbirkorlik
faoliyatini himoya qilishni bilish;
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga
qarshi kurashish
tizimini tartibga solishning huquqiy asoslarini o‘rganish;
Noqonuniy mablag‘larni o‘zlashtirish va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro
tashkilotlar faoliyatini o‘rganish;
Bank-moliya, kredit sohasidagi iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish
Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash jinoyati tushunchasi.
Byudjet mablag‘larini talon-taroj qilishga qarshi kurashishni bilish;
Sanoat tarmoqlari majmuidagi iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashishni
o‘rganish;
Noqonuniy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish – iqtisodiy
xavfsizlikni ta’minlash choralarini bilish;
Yashirin iqtisodiyot fenomeni. Yashirin iqtisodiyotning vujudga
kelish sabablari va unga
qarshi kurashishda davlat chora-tadbirlarini o‘rganish;
Iqtisodiy va korrupsiyaga oid huqubuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni oldini olishni bilish.
“Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi” fani ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan
bo‘lib, u 2-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish
tizimi” fani 60310400-Iqtisodiy xavfsizlik ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa
iqtisodiy xavfsizlik kabi bir qator fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, o‘z rivojida iqtisodiy
jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha yo‘naltirilgan fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.