47
qimmat va uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish mumkin bo`ladi. Ishtirokchining
ijtimoiy-iqtisodiy missiyasi, shu tariqa, xatarlar va javobgarlik dispersiyasidan iborat.
Kreditor.
Agar sarmoyador – bu tadbirkorlik rolidan voz kechgan kapitalist
bo`lsa, u holda kreditor – bu tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq
xatarlardan voz kechgan
sarmoyadordir. Professional moliyaviy vositachilardan foydalanish esa xatarlarni
pasaytirish usuli hisoblanadi.
7.
Mulk-aksiya.
Jamiyatning ko`p sonli ishtirokchilari nafaqat uning xo`jalik
faoliyati natijalari uchun javobgarlikning, balki boshqaruvchilar tomonidan ishtirokchilar
ishonchining suiiste’mol qilinishi imkoniyatining
ham taqsimlanishini yuzaga
keltiradi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy rol paydo bo`ladi: nazoratchi – xo`jalik
jamiyatiga nisbatan alohida funksiyalarni: jamiyat mol-mulki va daromadlarining
tasarruf etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi uning ishtirokchisi.
Nazoratchining shaxsiy maqsadi xo`jalik jamiyatini kapitallashtirishning
o`sishiga erishishdan iborat.
Aksiyador
. Jozibadorligini yo`qotayotgan biznesdan chiqish ham xo`jalik
jamiyatlarining faoliyati bilan bog`liq xatarlarni soddalashtirish usuli hisoblanadi.
Ushbu imkoniyat jamiyatda ishtirok etishning alohida vositasi – aksiyalarning
paydo bo`lishi bilan ta’minlanadi.
Rasmiy jihatdan aksiyalar o`z egalariga jamiyatga nisbatan majburiyat
huquqlarini, xususan: boshqaruv organlarida
ishtirok etish huquqi, jamiyat
foydasining bir qismini olish huquqi va jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol-
mulkining bir qismiga ega bo`lish huquqini beruvchi qimmatli qog`ozlarni o`zida
namoyon etadi.
Biroq ushbu huquqlar ko`p jihatdan deklorativ hisoblanadi. Boshqarishda
ishtirok etish huquqini faqat aksiyalarning katta miqdordagi paketlariga
egalik
qiluvchi aksiyadorlar – majoritariylar amalga oshirishlari mumkin. Jamiyat
tugatilgan taqdirda uning mol-mulkining bir qismini olish huquqini esa amalga
oshirishning iloji yo`q: jamiyatga nisbatan aksiyadorlar ularning talablari ijro etish
uchun qolgan barcha shaxslar qondirilganidan keyin qabul qilinadigan so`nggi
navbatdagi kreditorlarni o`zida namoyon etishadi.
Aksiyadorlarining kompaniyadan chiqishi
tufayli yuzaga kelgan uning
aksiyalari kursining tushib ketishi yangi investitsiyaarni jab etish imkoniyatini
keskin pasaytiradi.
Aksiyadorning shaxsiy maqsadi muayyan kompaniyani kapitallashtirishning
o`sishi emas, balki o`ziga tegishli aksiyalar paketlarining kurs qiymatidan
yutishdan iborat. Ushbu maqsadga aksiyalar bozor kotirovkalarining o`zgarishi
tendensiyalarini doimiy ravishda kuzatish orqali erishiladi. Bu esa, o`z navbatida,
aksiyador ijtimoiy-iqtisodiy missiyasining amalga oshirilishiga olib keladi. Uning
sa’y-harakatlar tufayli sarmoya harakatining tezligi keskin oshadi.
Dostları ilə paylaş: