127
chiqarish) tashkil qilib qolmay, balki ma’lum darajada ularni kengaytirishga ham
mo’ljallangan bo’ladi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida amortizatsiya
korxonaning investitsiya ehtiyojini 70-80%ini qondiradi. Mamlakatimizni bozor
iqtisodiyotiga
o’tishi
bilan
amortizatsiya
ajratmalarini
investitsiyalarni
moliyalashtirish manbai sifatidagi ahamiyati ham o’sdi. Bu birinchi navbatda asosiy
fondlarning tez-tez qayta baholanishi va ko’p korxonalarning zararga intilayotganligi
bilan bog’liq.
Investitsiyalarni moliyalashtirish manbai sifatida boshqalariga nisbatan
ustunlik tomoni shundaki, korxonaning har qanday moliyaviy holatida, bu manba o’z
o’rniga ega bo’ladi va doimo korxona ixtiyorida bo’ladi.
Raqobat jarayoni, asosiy fondlarni yangilab turishni talab etadi, bu esa
kelgusidagi investitsiyalar uchun tezlashtirilgan amortizatsiya ajratmalarini
hisoblashni taqozo etadi. Shunday qilib, intensiv tarzdagi qayta ishlab chiqarish
amalga oshiriladi. Buning natijasida amortizatsiya ajratmalari, o’zi alohida bir shaklni
tashkil qiladi. Boshqa qilib aytganda, kengayadi va investitsiyalash uchun oldingisiga
nisbatan barqaror moliyaviy bazaga aylanadi. Shunday qilib, amortizatsiya
ajratmalari korxonaning investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi muhim vositaga
aylanadi.
v)
Dostları ilə paylaş: