2
UDK:
Xujamkulov D.Yu., Ismailov D.A. Investitsiya loyihalarini boshqarish.
O’quv qo’llanma. – T.: TDIU, 2019. – 302 b.
Ushbu o’quv qo’llanmada investitsiya, investitsiya
loyihalarini boshqarish,
investitsiya loyihalarining iqtisodiy tushunchasi va ularning turkumlanishi;
real va
moliyaviy investitsiyalar, ularning xususiyatli belgilari; real sektor va uning tarkibiy
qismlari; investitsion siyosat;
investitsion loyiha; loyiha daromadliligi va uni
hisoblash
usullari; innovatsiya hamda intellektual investitsiyalar kabi muhim
iqtisodiy tushunchalarni yoritishga qaratilgan nazariy
va amaliy bilimlar bayon
etilgan. Shuningdek, mamlakatimizning jadal sur’atlarda
rivojlanishi uchun
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash,
innovatsion
tarzda
qayta
qurollantirish,
mamlakatimizning jahon miqyosiga integratsiyalashuvi uzluksizligini ta’minlash kabi
ustuvor vazifalarni amalga oshirishda investitsiya loyihalarining o’rni va zarurligi
yoritib berilgan. O’quv qo’llanmada talabalarning investitsiya
loyihalarini amalga
oshirish bilan bog’liq barcha bilimlarni o’z ichiga olgan malaka va ko’nikmalarini
shakllantiruvchi nazariy va amaliy bilimlar ham bayon etilgan.
O’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlari magistrlari, talabalari, kollej o’quvchilari
hamda bank-moliya sohasi xodimlariga mo’ljallangan.