Kashfiyot va ixtirolar



Yüklə 4,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/60
tarix28.11.2023
ölçüsü4,64 Mb.
#167376
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
Kashfiyot va ixtirolar

«stels» texnologiyasi 
yordamida yaratilgan bo'lib, «stels» so'zi 
«yashirincha» degan ma’noni anglatadi. Sunday «yashirinlik» xusu- 
siyatiga erishish uchun samolyot konstruksiyasidagi barcha yassi 
qismlardan voz kechilgan. Samolyotdan chiqayotgan tutun osmon- 
da iz qoldirmasligi uchun reaktiv dvigatel turbinasining soplosi in- 
gichka teshiklar ko'rinishida ishlangan: shu usuldan foydalanganda, 
turbinadan chiqayotgan issiq yongan gazlarning tashqaridagi sovuq 
havo bilan aralashuvi tezlashadi.
Birinchi «stels» samolyoti - «F-117» rusumli qiruvchi-samolyot 
bo'lib, u amerikaliklar tomonidan 1991 yilda Fors qo'ltig'idagi harbiy 
harakatlarda qo'llanilgan bo'lib, ancha yahshi natijalarni ko'rsatgan.
Am erikaning «F-117»
qiruvchi-sam olyoti
1943-yilda Germaniyada birinchi 
reaktiv dvigatelli 
qiruvchi-tutuvchi
samolyot yaratildi. «Messershmitt- 
262» 
rusumli 
qiruvchi-tutuvchi 
samolyot tez о rad a o'sha davr- 
da faoliyat ko'rsatayotgan bom- 
bardimonchi-samolyotlardan 
ham 
ilgarilab ketdi. U o'zining to 'rtta
to'pidan o'q uzganda, dushman- 
ni mayda-mayda bo'laklarga bo'lib


Harbiy-dengiz floti
Ancha vaqtgacha savdo kemalari bilan harbiy kemalar orasida hech 
qanday farq bo'lmagan. Lekin, davlatlar o'rtasida dengizga hukmron- 
lik qilish maqsadida turli nizolar kelib chiqa boshlagach, qurollar bi­
lan jihozlangan harbiy kemalarga ehtiyoj paydo bo'la boshladi. O'sha 
otmish davrlarda Venetsiya eng qudratli dengiz respublikasi bo'lgan. 
Galera 
deb atalgan yangi harbiy kema turi aynan shu yerda barpo 
qilingan. Raqiblar avvaliga uning beo'xshov uzun tumshug'i ustidan 
kulganlar. Ular aynan shu jihati bilan galerlar deyarli ming yil davomi- 
da dengizda hukmronlik qilishini xayollariga ham keltirmaganlar. Den­
giz janglarida eshkakchilar bor kuchi bilan galeraning tezligini oshi- 
rib, tumshug'i bilan raqib kemasiga sanchilib kirgan va hosil bo'lgan 
ko'prikdan venetsiyaliklar dushman kemasiga tashlanganlar.
XVII asrning oxiriga kelib rus harbiy flotining tarixi boshlangan. 
Podshoh Pyotr I ning buyrug'i bilan birinchi savdo va harbiy kema­
lar qurilishi boshlangan. 1724-yilda esa dehqon 
Yefim Nikonov
loyihasi asosida suvosti qayiqlari paydo bo'ldi.
Uni yog'ochdan yasab, ustiga charm qoplandi 
va shahsan Pyotr I ishtirokida suvga tushirildi.
Suvga 3 - 4 metr chuqurlikka tushgach, suvos­
ti qayig'i suv tubiga urilib shikastlandi. Pyotr I 
qayiq korpusini ta ’mirlashni buyurdi, ixtirochini
«Butsentavr» nomli venetsiya parad galerasi


Aviatashuvchi - ulkan suvda suzuvchi aerodrom
esa jazolamadi. Birinchi metalldan yasalgan qayiq 1834-yilda rus mu- 
handisi 
Karl Shilder 
loyihasi asosida bunyod etilgan va u 13 metr- 
gacha chuqurlikka tusha olgan.
XX asrda konstruktorlar tomonidan harbiy kemalarning juda ko‘p 
yangi turlari barpo etildi. Ularning ichida eng kattalari -

Yüklə 4,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin