1. «Soliqlar va soliqqa tortish» fani ga kirish. Reja


Soliqlarning funksiyalari va vazifalari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#167459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. «SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH» FANIGA KIRISH.

1.4. Soliqlarning funksiyalari va vazifalari.
Soliqlarning funksiyalari to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsial
istik 
mamlakatlar iqtisodchilari o‘rtasida soliqlar ikki funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan 
edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko‘ra eng 
asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki busiz nazorat funksiyasining mavjud 
bo‘lishi mumkin emas. 
Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini 
ko‘rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Bugun 
payd
o bo‘lib ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan holatlar soliq funksiyasi bo‘la olmaydi. Demak,
funksiya 
kategoriyasi doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy 
yondashishdan kelib chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash kerak. 
Soliqlarning funksiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga 
kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, 
nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi.
Fikrimizcha, soliqlarning q
uyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga 
muvofiqdir: 
1. Soliqning fiskal funksiyasi; 
2. Tartibga solish funksiyasi; 
3. Rag‘batlantirish funksiyasi

4. Soliqning nazorat funksiyasi; 
5. Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi. 
1. Soliqlarning asosiy funksiyasi - 
fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan 
olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, 
soliq
lar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi 
uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir 
bo‘lagini davlat apparati, mamlakat mudofaasi, noishlab chiqarish sohasining umuman o‘z 
daromadlari manbaiga ega bo‘lmagan qismini (ko‘pgina madaniyat muassasalari, jumladan, 
kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishini ta’minlash uchun o‘zining 
mablag‘i yetishmaydigan tarmoqlarni (fundamental organ, teatrlar, muzeylar, ko‘plab o‘quv 
yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining daromad 
qismini shakllantirish soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. 


14 
Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali hos
il bo‘ladigan pul resurslari davlat fondi (davlat 
budjeti) orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, 
ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi.
2. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi 
muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat 
soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga 
soladi va bu bil
an xalq xo‘jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun 
muayyan «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali soliq tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni 
muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab tura
di, sarmoyaning 
bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki 
pasaytiradi, shuningdek aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. 
Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining 
ahamiyati bozor sharoitida o‘sib 
bo
radi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz 
holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida idora 
qilish huquqiga ega bo‘lgan «yuqori tashkilot» tushunchasining o‘zi asta
-
sekin yo‘qola boradi. 
Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan 
yo‘nalishda rag‘batlantirish zarurati saqlanib qoladi.
3. Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, 
ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom-ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat 
resurslari, jamg‘arilgan mol
-
mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, 
ya’ni soliq yukini
kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni 
mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi. Soliqlarning 
rag‘batlantirish funksiyasi orqali davlat xalq xo‘jaligi taraqqiyotini rag‘batlantiradi, bu
bilan fiskal 
funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi, ishlab chiqarishni soliqlarning rag‘batlantirish 
funksiyasi orqali rag‘batlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish bilan soliq yukini 
kuchaytirmasdan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi.
4. Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish 
ob’yekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining 
hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga 
belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini 
qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi. 
5. 
Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi ham muhim ahamiyat 
kasb etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqlar davlatning qanday ijtimoiy-
iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot ber
ib turilishi juda zarur. 
Shunday qilinsa, soliqlarning budjetga tushishi to‘liq, o‘z vaqtida va oson kechadi.
Biz soliq funksiyalarini qisqacha ko‘rib chiqishimiz soliqlar moliya resurslarini tiklash
xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni ij
timoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun 
qayta taqsimlash bo‘yicha muhim vazifalarni bajaradi deb xulosa chiqarishimiz uchun imkon 
beradi. 
Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanishi bosqichlarida ushbu rivojlanish jarayonlarini 
ta’minlash maqsadiga bo‘ysunuvchi vazifalarni bajaradi. Soliqlarning funksiyalari esa ana shu 
vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Demak, soliqlarning funksiyalari, vazifalari bajarilishidan 
kelib chiqadimi yoki soliqlarning vazifalari funksiyalarining mavjudligidan kelib chiqib 
bajariladimi kabi aniqlash lozim bo‘lgan muammolar mavjud. Shunday ekan soliqlarning 
funksiyalari va vazifalari o‘rtasidagi aniq farqli jihatlarni o‘rganish va soliq munosabatlarini 
tashkil etish mobaynida bu chegaralarni asoslash muammosi mavjudligini q
ayd etib o‘tish lozim.
Soliqlar bajaradigan vazifalar ko‘pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy 
o‘xshashliklarga ega. Ana shunday an’anaviy soliq vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga 
zaruriy moliyaviy resurslar ta’minlab 
berish. Soliqlarning fiskallik funksiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu 
vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu 
ko‘rsatkich qanchalik
yuqori bo‘lsa, soliqlarning fiskallik funksiyasi shunchalik faol bo‘ladi. 


15 
Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning 
noishlab chiqarish xarajatlari ko‘payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarg

muhtojligini keltirib chiqaradi. 
2. Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko‘maklashish. 
O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifasini bajarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va 
xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda 
normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish 
sohasiga yo
‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak.
3. Aholining 
mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda 
ushbu vazifani bajaradi. Shunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi 
hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli 
darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini olishi 
mumkin. 70-80 yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarini aholi daromadlariga progressiv ravishda 
qo‘
llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan. 
4. Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik 
va adolat prinsiplari o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqaro
rlik va 
moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga 
oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo‘yilmalarini amalga oshirar ekan, 
ular o‘zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak
. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-
tez o‘zgarmaydigan bo‘lishi kerak. Soliq tizimiga mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq 
muddatli investitsiyalarning harakati susayadi. 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, soliqlarning budjetga ijobiy ta’siridan 
tashqari, muhim 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-
navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va 
hokazolar yangi paydo bo‘lgan tijorat tuzilmalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab
-quvvatlash 
zaruratini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarini tabaqalashtirish yo‘li orqali hal etish 
mumkin. 
Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa 
muddatli, o‘rta va uzoq
muddatli vazifalarga bo‘linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko‘ra bir
-biridan 
farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat budjetining tushumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga balki 
davlat daromadlarini budjetning o‘rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash ma
qsadida 
moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin