70
tor tekis yuzalarni, uch yoqli (g) o‘tkir burchaklarni hamda ariqcha,
teshiklarni
egovlashda foydalaniladi. Yumoloq egovda (d) tsilindrsimon teshiklarga, yarim
yumoloq segmentli egovda (e) egri konturli detallarning sirtlariga ishlov beriladi.
Rombsimon egov (yo) tishli g‘ildiriklarning tishlarini, kata burchaklarni, tishli
egov (j) ponasimon o‘q, tor ariqcha, to‘g‘ri burchak
va kvadrat shaklidagi
teshiklarni egovlashga mo‘ljallangan. Maxsus egovlar bronza, jez va dur
alyuminlarni egovlash uchun ishlatiladi. Egovlarning quyruq qismiga TSM harflari
tamg‘alanadi.
Yengil qotishmalar va nometall materiallarga ishlov beradigan egovlar.
Yumshoq metallarga ishlov berish uchun qo‘laniladigan egovlarning tishi mayda
bo‘ladi. SHuning uchun ulardan foydalanishda kertiklar qirindiga to‘lib qolib egov
material sirtiga sipanishi mumkin.
Olmosli egovlar qattiq qotishmalardan yasalgan asboblarga ishlov berish
uchun ishlatiladi.
Nozik egovlar ko‘pincha zargarlik buyumlari va andozalarga ishlov berishda
hamda teshik, burchak, profillarni qo‘l yetmadigan kichik qismlarini pardozlashda
qo‘llaniladigan kichik o‘lchamdagi egovlardir. Ular U13 va U13A rusumli
po‘latdan tayyorlanadi. Olmosli nozik egovlar bilan qattiq qotishmalar,
har xil
sopol, oyna va kesuvchi qattiq qotishmalardan yasalgan asboblar egovlanadi. Yirik
tishli egovlar bilan yumshoq metallarga va nometall materiallarga ishlov beriladi.
Mashina egovlarining kichiklari maxsus patronga o‘rnatiladi, kattalari esa
ikki tomoni quyruqli bo‘lib, uni dastgoxning tutqich-markaziga maxkamlanadi.
Egovlash ishlarini mexanizatsiyalash
Mexanik qurollar va egovlash stanoklaridan foydalanish egovlab
kengaytirishni ancha tezlashtiradi. Uncha qalin bo‘lmagan detallarda istalgan
shakldagi teshikni «mexaniq chilangar» tipidagi egovlash stanogida ishlash
mumkin. SHu maqsadda o‘ziga olib tashlangandan so‘ng zagotovka stanok stoliga
qo‘yiladi, teshikdan egov o‘tkaziladi va kronshteynlarga mahkamlanadi.
Zagotovkani qo‘lda egov tomonga surib va uning egovlanadigan joylarini egovga
yaqinlashtirib ishlanadi. Egovning tipi ishlanadigan teshikning shakliga qarab
tanlanadi.
Egiluvchan valli egovlash stanoklari turli detallarda istalgan joydagi teshikni
ishlashga imkon beradi. Bunda turli shakl va o‘lchamdagi bor egovlardan
foydalaniladi. Egiluvchan
val qiyin joylarni ishlashga, turli bor egovlar istalgan
qiyofadagi teshikni ishlashga imkon beradi. Zarur qurol egiluvchan valga
mahkamlangan patronga o‘rnatiladi. Egiluvchan valni uchidan ushlab, egovni u
yoqdan bu yoqqa surib egovlash bajariladi. Bor egovlar o‘rniga silliqlash
kallaklarini o‘rnatib, ular yordamida pardozlash ishlarini bajarish mumkin.
Egovlab kengaytirish uchun elektr va pnevmatik egovlarni ham qo‘llash
mumkin. Elektr egov elektr parmalagich I-90 ning uchligi hisoblanadi. Drelning
elektr dvigateli
tirsakli valigi aylantiradi, u shatunni (shatun ish shtogi bilan
sharnirli birikkan) va egovning tepishini yumshatadigan plunjer bilan bog‘langan
shatunni harakatlantiradi. Patronga oddiy egov mahkamlanadi. Dvigatel ishga
tushirilganda egov ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Pnevmatik drellarga o‘rnatib
ishlatiladigan uchliklar keng tarqalgan.
71
Teshiklarni ishlashning elektr uchqunli metodi elektr erroziya hodisasiga,
ya’ni metallni elektr razryadlari ta’sirida yemirilish hodisasiga asoslangan. Bu
metodning mohiyati quyidagicha. O‘zgarmas elektr toki qurolga va ishlanadigan
detalga yuboriladi. Ishlanadigan teshik shaklida yasalgan qurol katod vazifasini,
detal esa anod vazifasini o‘taydi. Maxsus elektr magnit qurilma yordamida katod
vertikal tebranma harakat qiladi. Qurol ko‘tarilganda va tutashganda u bilan detal
orasida elektr razryadlari hosil bo‘ladi, detal eriydi va uning zarralari suyuqlikka
cho‘kadi.
Elektrolit (kerosin, mineral moy) li vannaga ishlanadigan buyum solinadi.
Unga tok manbaining
musbat qutbi ulanadi, qurol shpindelga mahkamlanadi.
SHpindelga elektr qurilmaning manfiy qutbi ulanadi. Elektr qurilma rejim
rostlagich va kondensatordan iborat. Elektr uchqunli ishlov natijasida shakli qurol
shakliga mos teshik ochiladi.
Teshik 3-aniqlik va 6-7 tozalik klassigacha ishlanadi. Bu usul istalgan
qattiqlikdagi metallda (hatto qattiq qotishmalar ham) eng murakkab shaklli
teshiklar ochishga imkon beradi.
Nazorat savollari:
1. Egovlash deganda nimani tushunasiz?
2. Egovlar qanday materiallardan yasaladi?
3. Egov dastalari.
4. Egovlashda tekis yuzalarga qanday ishlov beriladi?
5. Bo‘yoq surib egovlash deganda nimani tushunasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich
Toshkent 2016. – 212 b.
2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov «Voris nashriyot» 2007.
184 b
3.
Matkarimov A, Axmadjonov F. Materialshunoslik. Kasb-hunar kollejlari
uchuno‘quv qo‘llanma. T. «O‘qituvchi» 2007. 80 b
Internet sayt
Dostları ilə paylaş: