60
So‘ngra uni to‘g‘rilagich bilan ag‘darib qo‘yib, ikkinchi tomoni egiladi. Tayyor
bo‘lgan vtulkaning to‘g‘riligini o‘lchov chizg‘ichi bilan nazorat qilinadi.
Egish ishlarini mexanizatsiyalash
Har xil radiusdagi egriliklari bo‘lgan tasmali, sortli metall, profillar rolikli
eguvchi dastgohlarda egiladi.
Uch rolikli dastgohdan egri profillarni egishda foydalaniladi.
Uning
yuqoridagi roligini pastdagi ikkitasiga dastani aylantirish bilan sozlanadi, egish
vaqtida zagotovka tepadagi va pastdagi roliklarga qisilgan holatda turishi kerak.
Qisqichni zagotovka profillarining tokchalari bo‘rtib ketmaydigan qilib o‘rnatish
kerak. Egishda roliklarga tushgan qirindi va boshqa chiqindilarni cho‘tka bilan
tozalash yoki lattada artib turish, profil zagotovkaga (ular alyumin qotishmalaridan
tayyorlanadi) quyuqroq moy surtish kerak. Katta radiusdagi profillar uch rolikli
dastgohda bir necha marta takror egiladi. Profil prokatni aylana yoyi yoki spiral
bo‘yicha egish uchun to‘rt rolikli dastgohlardan foydalaniladi.
Quvurlarni bukish va razvaltovkalash
Quvurlarni har xil radiuslardagi yoylar yoki egri burchaklar bo‘ylab, qo‘lda
yoki mexanizatsiya vositasida, issiq yoki sovuq, ichini qum bilan to‘ldirilgan yoki
to‘ldirilmagan holda bukiladi. Egish usuli uning diametriga, materialiga va egilish
burchagining qiymatiga bog‘liq.
Qizigan holda egish usuli diametri 100 mm gacha bo‘lgan quvurlar uchun
qo‘llaniladi. Quvurni qizigan holda ichiga qum to‘ldirib
egishda dastlab, u
qizdirilib, bir uchi metall yoki yog‘och tiqin bilan berkitiladi. Egishda sodir
bo‘ladigan yorilish va shunga o‘xshash holatlarning oldini olish uchun quruq qum
teshiklari 2 mm li elakdan o‘tkazilib, tosh va shag‘aldan tozalanadi. Haddan
tashqari mayda qum bu usul uchun yaramaydi, chunki u yuqori haroratda
quvurning devoriga yopishib qolishi mumkin. Quvurni qum bilan to‘ldirish uchun
titratuvchi qurilmadan yoki bolg‘adan foydalaniladi.
Quvurdagi qumning zichligini zarba berilgandagi tovushga qarab aniqlanadi.
Agar zarba jarangsiz bo‘lib eshitilsa, demak, qum yaxshi presslangan hisoblanadi.
Shundan keyin quvurning uchini qizdirishda hosil bo‘lgan gazning chiqib ketishi
uchun teshigi bo‘lgan yog‘och tiqin bilan berkitish lozim.
Har bir quvurning diametri va materialini hisobga olgan holda egish
burchagi qat’iy belgilangan bo‘lishi zarur. Masalan, quvurni 90 S burchak ostida
egish lozim bo‘lsa, qizdiriladigan qism uning olti diametriga teng bo‘lishi kerak.
Agar 60S burchak ostida egish lozim bo‘lsa, u holda to‘rt diametr, 45S
burchak
ostida esa uch diametr va hokazo.
Quvurning egiladigan qismi bo‘r bilan belgilanadi. Bu ish tayyor andoza
vositasida
amalga
oshiriladi.
Qizdirib
egishda
jarohatlanmaslik
uchun
qo‘lqoplardan foydalaniladi. Quvurlar kavsharlash lampalari yoki gaz alangasida
qizg‘ish tus olguncha qizdiriladi. Gorn bilan qizdirishda pista ko‘mirdan
foydalaniladi. Agar quvur mo‘ljaldagi qizg‘ish rangdan o‘tib ketsa, biroz sovitiladi.
Quvurni birinchi qizdirishdayoq egish kerak, aks holda qayta qizdirish metallning
sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Qizdirish jarayonida qumning isishiga alohida e’tibor
berish lozim. Yetarli darajada qizdirilgan quvurning sirtida po‘stloq hosil bo‘ladi.
61
Ish yakunida tiqin chiqarilib, qum to‘kib tashlanadi. Yetarli darajada yoki bir
tekis qizdirilmagan quvurlarni egishda uzilish yoki burma hosil bo‘lishi mumkin.
Egilish sifati andoza bilan tekshiriladi. Payvandlangan quvurlarning choki
tashqariga qaratib egiladi, aks holda chok «so‘kilib» ketishi mumkin. Egiladigan
quvurning uchiga diametri kattaroq bo‘lgan quvurni
egish joyiga yaqinroq qilib
kirgizib, qo‘l yordamida katta kuchlanish beriladi.
Mis va jes quvurlarni egish. Mis, jes quvurlarni sovuq holda egish uchun
ular suyuqlashtirilgan kanifol, parafin yoki qo‘rg‘oshin bilan to‘ldiriladi. Mis
quvurlarni egishda ularni 600-700S da qizdirib sovuq suvda sovutiladi. Sovuq
holatda egish uchun to‘ldiruvchi sifatida suyuqlashtirilgan kanifol, qizdirilgan
usulda esa qum ishlatiladi. Jes quvurlarni sovuq holatda egish uchun 600-700S
qizdiriladi. Dyuralyumin quvurlarni esa 350-400S da qizdirib so‘ngra havoda
sovutiladi. To‘ldiruvchi sifatida kanifoldan foydalaniladi.
Quvurlarni egishni mexanizatsiyalash. Diametri 350 mm gacha bo‘lgan
quvurlar maxsus dastgoh va presslarda egiladi. Quvurni halqaga aylantirish uchun
uch rolikli eguvchi dastgohdan foydalaniladi.
Zagotovkani cho‘zish yordamida egish, burish stoliga ega bo‘lgan eguvchi-
cho‘zuvchi mashinalarda amalga oshiriladi.
Bunda material mustahkamlik
chegarasigacha cho‘ziladi va mustahkamligini yo‘qotmaydi. Bu usul samolyot,
avtomobil, dengiz kemalarining quvurlarini egishda qo‘llaniladi. Quvurni yuqori
chastotali tok bilan qizdirib egish ham mumkin.
Razvaltovkalash deganda quvurning uchini kengaytirish tushuniladi. Buning
uchun asbob giraga qisiladi va unga quvurni o‘rnatib to‘g‘rilagichning uchi bilan
kengaytiriladi. Bu ish maxsus kengaytirgich-juvalarda bajariladi. Asbob po‘lat tsilindrdan
iborat bo‘lib, uning bir uchi konussimon, ikkinchi uchi kvadrat kallakka ega. Chiviq
korpusga
joylashgan, uning uchiga katta bo‘lmagan konusli roliklar joylashtirilgan.
Nuqsonlar. Metallni egishda eng ko‘p uchraydigan nuqsonlardan biri qiyshiq
egilish yoki ishlov beriladigan materiallarning sirtlaridagi shikastlanishlardir.
Zagotovkani noto‘g‘ri rejalash yoki detalni giraga noto‘g‘ri o‘rnatish, shuningdek, bolg‘a
zarbasini noto‘g‘ri berish kabilar nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablardir.
Nazorat savollar:
1. Metall plastina va metall quvurlarni egish usulida detallar qanday tayyorlanadi?
2. Egish ishlarini mexanizatsiyalash tartibini ayting
3. Quvurlarni bukish va razvaltovkalashni tushuntiring
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich Toshkent 2016. – 212 b
2. “Chilangarlik modellashtirish” Sh. Karimov «Voris nashriyot» 2007. 184 b
3. Zoirov I.U. Mexanik yig‘ish ishlari texnologiyasi kasb-hunar kollejlari uchun
4.
G. V. Chumachenko, N. V. Mategorin, Y. T. Chumachenko «Slesarnoye delo i
texnicheskiye izmereniya» (dlya avtoremontnix spetsialnostey). KnoRus 2020. 260
Internet sayt
Dostları ilə paylaş: