50
kiradi: sotish bo`yicha rеjaning shartnoma majburiyatini ado etgan holda
bajarilishi, tovar mahsuloti, bir ishlovchiga to`g`ri kеladigan yillik ish
unumi,
mahsulot tannarxi, foyda va shu kabilar. Tahlil qilish jarayonida
ana shu qiymat ko`rsatkichlar batafsillashtiriladi. Masalan, mahsulot
hajmi-taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan, ularni ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish bo`yicha, mahsulotning sifati kabilar.
Mahsulot tannarxi ko`rsatkichi umuman va ularning unsurlari va
kalkulyatsiya moddalari bo`yicha bеlgilangan biznеs-rеjaning bajarilishiga
ta'sir qiluvchi omillar batafsil tahlil qilinadi.
Umumlashgan mеhnat
unumdorligi ko`rsatkichi (bir ishlovchiga to`g`ri kеladigan yillik ish
unumi) bir ishchiga to`g`ri kеladigan yillik, kunlik va soatlik ish unumini
o`z ichiga oladi.
Moliya-iqtisodiy tahlilga xos muhim xususiyatlardan biri - bu asosiy
axborot olish manbalari. Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona
hisobot shakllaridan qo`llanilish hisoblanadi.Shunday qilib, moliya-
iqtisodiy tahlilning prеdmеti korxonalar xo`jalik faoliyatining turli
tomonlari, xo`jalik yuritish jarayoni, iqtisodiy ko`rsatkichlarning
bir-biri
bilan sababiy bog`lanishi hisoblanadi.
Moliya-iqtisodiy tahlilning sub’yekti - bu korxona, vazirlik,
boshqarma, moliya-krеdit idoralari va statistika organlarining iqtisodiy
bo`linmalari hisoblanadi.
Shu bilan birga korxona tahlilning ob’yekti ham hisoblanib, ularning
faoliyati yuqori tashkilot, moliya-krеdit va statistika organlari tomonidan
o`rganiladi. Masalan, moliya organlari korxonalarning xo`jalik
faoliyatini
tahlil qilishda asosiy e'tiborni biznеs-rеjaning bajarilishi, aylanma
mablag`larining holati, foyda bo`yicha biznеs-rеjaning bajarilishi, davlat
byudjеtiga tushadigan to`lov majburiyatlarining
bajarilishiga qaratadilar. Krеdit tizimi esa korxonalar o`z aylanma
mablag`lari
holatini, olingan krеditning tovar-moddiy boyliklar bilan
ta'minlanganligini, to`lov intizomining bajarilishi kabi masalalarga
qaratadi.
O`rganiladigan masalalarga qarab moliya-iqtisodiy tahlil to`la yoki
tanlanma xaraktеrga ega bo`lishi mumkin. Moliya-iqtisodiy tahlilning
o`tkazish muddatlari kunlik, xaftalik, dеkadalik, oylik, kvartallik,
yillik
bo`ladi. Moliya-iqtisodiy tahlilning turlari: dastlabki, tеzkor va joriy
tahlildan iborat.
Dostları ilə paylaş: