Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti .
1922 yilda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida
falsafa fanidan o‘quv mashg‘ulotlarining olib borilishi, bu boradagi dastlabki qadam bo‘ldi. 1935
yilda birinchi «Dialektika va tarixiy materializm» kafedrasi tashkil qi lindi. 1944 yilda Dialektika
va tarixiy materializm kafedrasi tarkibidan «Falsafa» kafedrasi ajralib chiqqan. Aynan «Falsafa»
kafedrasi negizida 1962 yilda «Ilmiy kommunizm», 1967 yilda «Tabiiy va gumanitar fakultetlar
falsafa» kafedralari tashkil qilingan. Kafedralar tarkibi milliy kadrlar bilan boyib borgan. 1960-
yillarda «Falsafa» kafedrasida 45 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib borgan. Bu davrda falsafa
mutaxassisligi bo‘yicha universitetning o‘zida milliy kadrlar tayyorlash imkoniyati paydo
bo‘lgan. Professor A.Ayupov,H.Umarov sa’y-harakatlari bilan oliy ta’lim vazirligida bu
masalaga ijobiy yondashilib, universitetning tarix fakultetida 1963–1964-o‘quv yilidan boshlab
«Falsafa» bo‘limi tashkil qilingan va unga H.Umarov rahbar etib tayinlangan. O‘quv jarayoning
respublikaning yirik olimlari jalb qilinib, falsafa bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash faoliyati
boshlangan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi E.YU.YUsupov, professorlar
M.V.Vohidov, I.R.Rahimovlar 1980-2005 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-
madaniy taraqqiyotining falsafiy muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bilan
birga, darslik va o‘quv qo‘llanmalari yozganlar, yosh kadrlarni tayyorlashga o‘zlarining munosib
hissasini qo‘shganlar. SHu yillar davomida J.Babaevning «Falsafa asoslari» o‘quv qo‘llanmasi,
E.YUsupovning tahririda «Falsafa» (1985) darsligi, I Raximovning «Mantiq fanidan seminar
mashg‘ulotlari» (1984) o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan.
Bu esa o‘sha davrda falsafa fanining yanada chuqur va keng o‘rganilishi yo‘lidagi dadil qadam
bo‘ldi.