4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
49
Borliq kategoriyasi esa xuddi shunday eng umumiy tomonni; ya’ni hamma moddiy va
ma’naviy predmet va hodisalarni realligini ifodalaydi. Ikkinchi yo‘nalish vakillari esa, borliq avvalo,
mavjudlik orkali ifodalanar ekan borliq kategoriyasini ishlatishda ehtiyoj yo‘q, chunki borliq
tushunchasi mavjudlik tushunchasiga nisbatan hech bir yangilik bermaydi deyishadi. Gap shundaki,
borliq falsafiy kategoriya sifatida faqat mavjudliknigina ifodalab qolmasdan, balki mavjudlikka
nisbatan
umumiyrok
va
kengroq
mazmunga
ega
bo‘lgan
reallikni
bildiradi.
Shunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch
kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi
masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi.
Mifo logiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni falsafa «borliqning
nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va qaerga yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani
tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi
savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar:
• falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
• bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
• unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham
murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo‘yicha ta’lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan
tanish bo‘lishlari lozimligini hisobga olib, bu erda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha
to‘xtalamiz va mazkur muammoni anglab etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz.
Dostları ilə paylaş: