4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
60
almashuvidir. Bunga yurib ketayotgan odam, qorong‘i osmon fonida projektor nurining harakati va
hatto xayolda ayrim ob’ektlardan boshqa ob’ektlarga o‘tish misol bo‘lishi mumkin. So‘nggi zikr
etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai nazardan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri)
yo‘nalishdagi harakati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.Ammo harakatning qayd
etilgan tipi dunyoda yuz
berayotgan o‘zgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. Aksariyat hollarda ular
narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu dastlabki
narsa sifatlarining
o‘zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab bo‘ladi.
Harakat shakllari
. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga qarab
bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan,
XIX asrda materiya tashkil topishining turli
darajalariga asoslanib,materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik
va
ijtimoiy harakat qayd etilgan
. Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
bunda har bir keyingi harakat o‘zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq,
shunga qaramay, quyi shakl bilan bog‘lanmaydi.
Harakatning murakkab shakllarini soddaroq
shakllarga bunday bog‘lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm», «reduksionizm» (lot.
«reductio» – «ortga surish») degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini biologik shakllar
darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud.
Dostları ilə paylaş: