Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/452
tarix28.11.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#167693
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   452
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

Harakat tiplari
. Fanda ob’ektiv borliq narsalari va hodisalari 
harakatining ikki asosiy tipi: progress 
va regress 
farqlanadi. Ularning biri materiya, energiya, axborotning makonda siljishi bilan bog‘liq 
bo‘lib, harakatlanuvchi
 
narsalar o‘z muhim xossalarini o‘zgartirmasligi, ya’ni o‘z sifatini 
yo‘qotmasligi
 
bilan tavsiflanadi. Bular miqdor o‘zgarishlari, makondagi ko‘chishlar yoki o‘rin
 
2
Аристотель. Органон. –М.: 1990 г. с. 159Аристотель. Органон. –М.: 1990 г. с. 159
3
Forobiy // Falsafa qomusiy lug’at. –Т.: «Sharq», 2005 й. 431-b
.


4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
60 
almashuvidir. Bunga yurib ketayotgan odam, qorong‘i osmon fonida projektor nurining harakati va 
hatto xayolda ayrim ob’ektlardan boshqa ob’ektlarga o‘tish misol bo‘lishi mumkin. So‘nggi zikr 
etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai nazardan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri) 
yo‘nalishdagi harakati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.Ammo harakatning qayd etilgan tipi dunyoda yuz 
berayotgan o‘zgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. Aksariyat hollarda ular 
narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu dastlabki narsa sifatlarining 
o‘zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab bo‘ladi.
 
Harakat shakllari
. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga qarab 
bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan, 
XIX asrda materiya tashkil topishining turli 
darajalariga asoslanib,materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik 
va
ijtimoiy harakat qayd etilgan
. Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, 
bunda har bir keyingi harakat o‘zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi, unga asoslanadi, biroq, 
shunga qaramay, quyi shakl bilan bog‘lanmaydi. 
Harakatning murakkab shakllarini soddaroq 
shakllarga bunday bog‘lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm», «reduksionizm» (lot. 
«reductio» – «ortga surish») degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini biologik shakllar 
darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud. 

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin