4. Substansiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi uchun o‘zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo‘lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. «substantia» – «mohiyat», «asos») kategoriyasi qo‘llaniladi. Ilk falsafiy yo‘nalishlarning vakillari
barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday
asos sifatida o‘sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: er,suv, havo, olov yoki fikriy
konstruksiyalar, «birinchi g‘ishtlar» – apeyron, atomlar qaralgan. «Avesto»da birlamchi substansiya
olov deb atalgan. Keyinchalik
substansiya kategoriyasi o‘zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa
bilan bog‘liq
bo‘lmagan holda mavjud o‘ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning
butun rang-barangligi va o‘zgaruvchanligi substansiya bilan bog‘lana boshladi.Bunday asoslar
sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g‘oya, flogiston,
efir va shu kabilar amal qilgan.
Substansiya g‘oyasidan turli falsafiy ta’limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi
masalaga o‘zlari qanday javob berishiga qarab har xil foydalanadilar.
Monizm (yunon. «monos» – «bitta», «yagona») dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta’limot . Dunyoning kelib
chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi
ilmiy tasavvurlar, shuningdek, birinchi
asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli
yondashuvlar kurashi
nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng
tarqalgan
ikki yondashuv – materialis tik va idealistik monizmni qayd etish lozim.
Materialistik monizm dunyo yagona, uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu moddiylik yotadi , deb hisoblaydi. Bu konsepsiyada
olam ong va ideallikdan emas, balki
moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‘ta rivojlangan ko‘rinishlariga biz
Fales, Geraklit, Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz.