Seminar mashg’ulotlari
320
A. Insоnga
V. Go’zallikka
S. Parvarishga
D.Munоsabatga
Е.Yolg’оnga
Mavzu:
Estetika predmeti, maqsad va vazifalari
Reja:
1. “Estetika” tushunchasi.
2. Estetika faning ob’ekti, predmeti va funksiyalari.
3.Estetika kategoriyalarning o‘zaro aloqadorligi.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
estetika, dizayn xususiyatlari haqidagi bilimlarni
shakllantirish.
O‘quv faoliyatining natijasi
: Talabalarga estetika xususiyatlari haqida dastlabki
bilimlar berish hamda mazkur jihatlar estetika fanini o‘rganish ob’ekti ekanligi asoslab
beriladi.
Estetika haqida tushuncha
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch
ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XYIII asrda olgan.
Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo‘lmish go‘zallik va san’at haqidagi mulohazalar har
xil san’at turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o‘z
aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr
Baumgarten (1714–1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon
faylasufi G. Laybnits (1646–1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi.
Laybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga: aql – idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga
bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi.
Baumgartengacha aql-idrokni o‘rganadigan fan – mantiqning, iroda-ixtiyorni o‘rganuvchi fan
– Axloqshunoslikning (etika) falsafiy fanlar tizimida ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq
his-tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu
boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni
anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» –
«estetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi.
Dostları ilə paylaş: