4-Bob: Germaniya tarixiy ta’limotlari. Keyns va keynschilik ta’limoti.
Reja: 1. Iogan Gotlib Fixte. 2. Faust Gyote. 3. Karl Kniesning eski tarixiy maktabi. 4. Xozirgi zamon iqtisodiy qarashlari evolyusiyasi 5. Sotsialistik iqtisodiyot to‘g‘risidagi fikrlar, Markaziy Evropa ta’limoti
1. Iogan Gotlib Fixte. FIXTE (Fichte) Iogann Gotlib (1762.19.5, Rammenau 1814.29.1, Berlin) — nemis faylasufi, jamoat arbobi. Yena va Leypsig universitetlarida oʻqigan. Yena (179499), Berlin (1810 yildan) untlarining prof. 1798 yilda F. oʻzini asossiz ravishda gʻoyaviy oʻzboshimchalikda ayblanganl i klariga norozilik sifati universitetni tark etdi. 1810 yilda u Berlinda yangi tashkil etilgan Oliy maktabning birinchi rektori etib saylandi. "Nemis millatiga qaratilgan nutqlar"i (1808) da nemis xalqini axloqiy jihatdan uygʻotishga va birlashishga daʼvat etgan. Kantning "narsa oʻzida"sini inkor qilgan. F. oʻz falsafiy taʼlimotini tanqidiylik deb atagan. F. taʼlimoticha, "tanqidiy falsafa"ning ibtidosi tafakkur qiluvchi "Men"dir. Undan sezgi va tafakkurning butun mazmunini aniqlash mumkin. F. "Men"ga hamma narsani yaratuvchi qudratli ijodiy kuch sifatida qaradi. "Men" uchun ikki tomonlama — amaliy va nazariy faoliyat xos. F. fikricha, sof "Men" gʻayrihissiy, abadiy; empirik "Men" esa hissiy, vaqtincha. Oddiy individning empirik "Men"iga sof "Men"ni qaramaqarshi qoʻyadi. Uning fikricha, sof "Men" alohida kishining ongi emas, balki hamma kishilar ongining asosini, mohiyatini tashkil etuvchi sof reallikdir; uning mohiyati faoliyatida, oʻzoʻzini barqaror etishda. F. taʼlimoticha, insoniyat parokandalik va buzuklik davrlaridan oʻtib, dastlabki begunoxlik holatidan aql hukmronligiga koʻchadi. F.ning xizmati shundaki, u insonning aqlli "Men" ini, uning faol bunyodkorlik qobiliyatini yuqori koʻtardi. Asosiy asarlari: "Umumiy fan taʼlimining asoslari" (1794), "Axloqiylik haqidagi taʼlimot tizimi" (1794), "Tilga qobiliyat va tilning kelib chiqishi toʻgʻrisida" (1795)