1. Iogan Gotlib Fixte. Faust Gyote. Karl Kniesning eski tarixiy maktabi



Yüklə 195 Kb.
səhifə6/11
tarix29.03.2023
ölçüsü195 Kb.
#91151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4-Mavzu

Pol Antoni Samuelson (1915)ning «Ekonomiks» kitobi dastlab 1948-yili chop etildi va 14 marta qayta nashr etilib, hozirgi iqtisodiy ta'limotlaming asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi.
1992-yilda bu kitob Vilyam Nordxaus bilan hammualiflikda nashr etildi. «Ekonomiks» kitobi «Ekonomika» nomi bilan ms tiliga o‘girildi.
Ma’lumki, hozirgi zamon (XX asr) iqtisodiy ta'limotlarida uch asosiy: l)neoklassik; 2) keynschilik va 3) institusional yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, Samuelson shulardan birinchisining vakili sifatida ijod qilgan.
Klassik (mumtoz) maktab iqtisodchilari allaqachonlar davlat xususiy tadbirkorlar kirisha olmaydigan yoki kirishni xohlamaydigan
ayrim tovarlami ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishni (masalan, milliy mudofaa sohasiga taalluqli) uning o‘zi zimmasiga olish kerak, degan fikrga rozi bo'lganlar. Lekin shu bilan birga ular bunday ishtirok juda kam darajada bo‘lishi kerak, deb hisoblar edilar. Samuelson hal qilishni mumtoz maktab bozor ixtiyoriga qoldirishni istagan haddan tashqari ko‘p muammolarga bozoming ta’siri unchalik o‘tavermasligini sezdi. Qo‘shmcha oqibatlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sanoatning atrof- muhitni ifloslantirishi muammolariga talab va taklif qonuni ta’sir etmaydi. Binobarin , davlat iqtisodiyot uchun maqsadlami aniqlashni o‘z zimmasiga olishi va bu maqsadlarga erishish uchun o‘z kuchidan foydalanishi kerak.
Samuelson eng kam ish haqi to‘g‘risidagi qonunni daromadlar pillapoyasining eng pastida turgan ishchilarga yordam berish usuli, deb hisoblaydi; u davlatning uy-joy qurilish dasturlarini moliyalashtirishni va oziq-ovqat yordamini qashshoqlikni kamaytirish usuli sifatida qo‘llab-quvvatlaydi. Uning fikricha hozirgi davr iqtisodchilari «neoklassik sintez»ga erishish uchun samarali kredit- pul va fiskal siyosatni Smit va Marshallning klassik mikroiqtisodiyotini hozirgi daromadning darajasini aniqlash bo'yicha mavjud makroiqtisodiyot bilan birlashtirish, ikkala yondashuvdagi barcha sog‘lom fikirlami jamlashtirishga harakat qilmoqdalar. Kitobning dastlabki boblarida A.Smitdan hozirgi davrgacha bo‘lgan iqtisodiy ta’limotlar mohiyati tarixiy-iqtisodiy jihatdan qarab chiqiladi. Ayniqsa, A.Smit, T.Maltu’s, D.Rekardo asarlari har tomonlama tahlil etilgan.
Uning fikricha 1820-1870-yillar - 50 yil davomida iqtisodchilar va siyosatchilar gipnoz holatida bo‘lgan, bunga asosiy sabab «sanoat inqilobi» bo‘lib, bir qancha g‘oyalar, ayniqsa, T.Maltus, D.Rikardolaming aholi o‘sishi bilan daromadlar pasayishi to‘g‘risidagi fikrlari chippakka chiqdi.
XX asming 70-yillari iqtisodiy qarashlarda ikki yo‘nalish paydo bo‘lgan!igi qayd etiladi: 1) Keyns va keynschilik; 2) Marks g‘oyalari.
Ayniqsa, neoklassik yo‘nalishda matematik usullaming keng qo‘llanilishi, talab, foydalilik, umumiy iqtisodiy muvozanat masalalarining yangicha tahlili yanada ilmiyroq bo‘lib qoldi. A.Marshall, J.B.Klark, UJevons, L.Valras, V.Paretto tadqiqotlarida matematik elementlar «iqtisodiy tahlilning nozik metodlari»ga olib keldi. J.M.Keynsning tadqiqoti yuqori baholanadi, «Sey qonuni» ga ehtiyoj qolmadi, deb yozadi P.Samuelson. Keyns va keynschilar ta'sirida «aralash iqtisodiyot» yaxshi faoliyat ko‘rsata boshlaganligi ta’kidlanadi. 2-jahon urushidan so‘ng ishlab chiqarish nihoyatda tez o‘sganligi, aholi turmush darajasi oshganligi ta'kidlanadi.
Ammo, deb ta’kidlaydi olim hali bizni to‘la bandlik va mo‘tadil baholar o‘rtasida tanlash imkoniyatidan xalos qila oladigan yagona mukammal iqtisodiy siyosat modeli yaratilmadi.
Samuelson Chikago maktabi vakillari faoliyatiga, xususan,
M.Fridmenning monetar sistemasiga yuksak baho beradi, chunki bu olimlarda «erkin raqobat», «bozor baholari» asosiydir.
Olim iqtisodiy taraqqiyotning omillariga baho berib, uni to‘rtta deb hisoblaydi:

  1. Mehnat resurslari (inson birinchi va asosiy).

  2. Tabiiy resurslar.

  3. Kapital.

  4. Texnologiyalar.

Olimning bu omillari «taraqqiyotning to‘rt g'ildiragi» deb yuritiladi. E'tibor berib qarasak, inson roli eng yuksak qo‘yi!gan. Haqiqatan ham inson bo'Imasa boshqa omillar ishga tushmaydi (masalan, Yaponiya, GFR ...).
Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida A.Laffeming soliqlar hajmi va yalpi milliy mahsulot o‘rtasidagi bogManish tahlil etilgan. Laffer effekti bo‘yicha soliqlami oshiraverish bilan milliy daromad maTum miqdorga oshadi, keyin pasayadi. Soliqlar miqdorini pasaytirish qisqa davr mobaynida byudjetga tushumlar kamayishiga olib kelsa ham, istiqbolda jamg‘armalar, investitsiya va daromadlar ko‘payishi tufayli byudjet tushumlari oshadi. Soliq stavkasi o‘zgarishlari iqtisodiyotga ta'sirini izihlash uchun Laffer egri chizig‘i chizilgan.
Unga ko‘ra soliq ortishi bilan davlat byudjetiga tushumlar ortavermaydi. Aksincha, shunday ma’lum chegara borki, undan ortiq soliq stavkasi byudjetga tushumlami kamaytiradi, chunki yuqori soliqlar xo‘jalik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni (rag‘batni) kamaytiradi va ishlab chiqarish hajmlarining pasayishiga olib keladi. Demak, ma’lum hollarda soliq stavkalarini pasaytirish faqat ishlab chiqarishning o‘sishigagina emas, shuningdek, byudjetga soliq tushumlarining o‘sishiga ham olib keladi.
Ekonometrikaning hozirgi zamon asosiy yo'nalishlari
Yuqorida iqtisodiyotdagi matematik uslublar to‘g‘risida fikr yuritgan edik (Kumo, Tyunen). Unda iqtisodiyotni dastlab matematika, statistikadan foydalanib tahlil etish usullari berilgan. XX asrda bu yo‘nalish yana yuqori bosqichga ko‘tarildi. Bu yo‘nalishning muhim xususiyati shuki, uning namoyandalari iqtisodiy taTimotlar va iqtisodiy tahlillarda matematika uslublarini keng qoTlaydilar.
Davr taqozosi bilan iqtisodiyotdagi ekonometrika yo‘nalishi ham tobora rivojlanib, takomillashib bormoqda. Evolyutsiya davomida uning namoyandalari qoTlaydigan tushunchalar o‘zgarmoqda, bugungi kunga kelib miqdoriy tahlil usullari ham rivojlanmoqda, tahlil sohasi ham kengayib bormoqda. Quyidagi omillar bu yo‘nalishning rivojini zaruratga aylantirdi:

  1. Tahlilning matematik va statistik uslublarining rivoji, ayniqsa, matematik programmalash, turli o‘yinlar nazariyasi, matematik statistikaga oid ishlaming ko‘payishi.

  2. Ilmiy-texnika taraqqiyotining rivoji, fanning yangi tarmoqlarining paydo boTishi, xususan, kibemetika, elektron-hisoblash texnikasi, kompyuterlar tizimi, iqtisodiyot sohasidagi informatsiyaning tobora ko‘payishi, bu informatsiyani tayyorlash, uzatish, qabul qilish va qayta ishlash hajmlarining keskin ortib ketishi.

Umuman hozirgi davrda hayotni, uning muhim qismi bo‘lgan iqtisodiyotni bu yo‘nalishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu sababli ekonometrika ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim bo‘lib qoldi.
Foydalilik (naf) funksiyasini topish uchun ne’matlar to‘plami afzalligi konsepsiyasi Jon fon Neyman tomonidan yanada rivojlantirildi. U o‘yin nazariyasiga asoslanib, individumning maksimum yutuqqa intilishi sharoitidan kelib chiqib, iste’molchining o‘zini tutish modelini ishlab chiqdi. Bunda ne’matlar foydaliligi konsepsiyasi psixologik talabni qondirish mezonlari bilan bog‘lab o‘rganiladi.

Yüklə 195 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin