R.Xuker (Buyuk Britaniya) tomonidan korrelyatsion tahlil o‘tkazilgan, bunga rus statisti A.A.Chuprov ham ancha hissa qo‘shgan. Ekonometrika alohida ilmiy yo‘nalish sifatida iqtisodiy nazariya, matematika va statistikadan 20-30-yillarda ajralib chiqdi, bu xususan G.Mur va G.Shuls (AQSh) asarlari tufayli ro‘y berdi. «Ekonometriya» matni birinchi bor polshalik iqtisodchi P.Chompa (1910) tomonidan ishlatildi (ekonometrika va ekonometriya iboralari teng kuchli hisoblanadi), ilmiy qo‘llanuvga esa norvegiyalik iqtisodchi R.Frisk (1926) kiritdi. U LFisher, LShumpeter, Ch.Rouz va boshqa amerikalik olimlar bilan birga «Xalqaro ekonometriya jamiyati»ning tashkilotchisi hamdir (1930). Bu jamiyat 1933-yildan «Ekonometrika» jumalini nashr etadi.
Sovet olimi L.V.Kantorovich chiziqli programmalash (1939) uslubining asoschisi hisoblanadi. U V.V.Novojilov, A.L.Lure (SSSR), T.Kitrapz, J.Dansig (AQSh) va boshqalar bilan birga resurslami optimal taqsimlash va foydalanishga oid iqtisodiy masalalami hal qilishga imkon beruvchi nazariyani yaratdi.
Lekin shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, sobiq SSSRda bu yo‘nalish, ayniqsa, kibemetika, elektron-hisoblash mashinalaridan foydalanishga mafkuraviy tus berildi, kibemetika, genetika fanlari burjua manfaatlari uchun xizmat qiladigan soha deb qaraldi, bu soha olimlari tazyiq ostiga olindi. Faqat keyingi yillarda bu xatolik to‘g‘rilandi va ekonometrika faniga e’tibor kuchaydi.
Ekonometrikaning muhim xususiyati shuki, u ham ilmiy, ayniqsa, amaliy ahamiyatga ega. Ko‘pgina yetakchi mamlakatlarda iqtisodiy matematik uslublardan foydalanish iqtisodiyotning ma’lum sohalari, tarmoqlari bo‘yicha sikl modellari ishlab chiqilmoqda va amalda qoTlanilmoqda. Ayniqsa, AQShda bu sohada muhim yutuqlar qoTga kiritildi. L.Kleyn va A.Goldberger AQShning (1929-52 yillar) mukammal modelini tuzib chiqdilar. Kvartal, yillik, besh yillik va boshqa modellar mavjud.
Buyuk Britaniyada ham qayta ishlab chiqarish iqtisodiy modeli (1961) 1948-56-yillardagi parametrlar asosida A.Kleyn, R.Boll, E.Xezlvud, P.Vandom tomonidan tuzilgan. R.Staun Kembridj modeli (1960-70 yillar) ham diqqatga sazovor.
Ekonometrik modellashtirish Yaponiya, Fransiya, Niderlandiya va Norvegiyada keng qoTlaniladi va iqtisodiy prognozlashtirishda bevosita foydalaniladi. Iqtisodiy tahlilning tarmoqlararo balans metodini tuzish 30-yillarda amerikalik iqtisodchi (asli rossiyalik) V.Leontevning tadqiqotlari asosida yuzaga keldi va bu tadqiqotlar «xarajat - chiqarish» modeli nomi bilan ma’lum. 1973-yilda Nobel mukofoti laureati bo‘lgan V.Leontev (1906-1999) metodi iqtisodiyotda bir mahsulotning boshqa turdagi mahsulot bilan toMdirilishi jarayonlarini tadqiq qilishga yo‘naltirilgan. U 1941-yil «1919-29-yillarda «Amerika iqtisodiyotining strukturasi» kitobini nashr qildi va unda o‘z uslubini taklif etdi. Hozirgi davrda deyarli barcha mamlakatlarda «xarajat - chiqarish» jadvallari mavjud. Bu metod ayniqsa, prognozlash, kelajakni aniqlash borasida qo‘l kelmoqda. Ayniqsa, turli sharoitlarda (agar ..., unday yoki bunday bo‘lsa...) iqtisodiy siyosat oqibatlari taxmin qilinadi va shunga xos taktika, strategiya ishlab chiqiladi.
Keyingi yillarda iqtisodiyotda prognoz va kelajak masalalari muhim bo‘lib qolmoqda va futurologiya («kelajak» degani) nazariyalari vujudga kelmoqda. Bu borada turli soha mutaxassislari D.Bell, J.Ellyul, G.Kan, L.Martel, U.Vgaip, R.Xeylbroner\arn\ng g‘oyalari diqqatga sazovordir. Ular 200 yildan keyin bo‘ladigan (superindustrial) jamiyat to‘g‘risida optimistik fikr yuritmoqdalar. Shu bilan birga pessimistik, tashvishli va halokatli prognozlar ham bor (Ye.G‘gott, O.Toffler), global, umumbashariy o‘zgarishlar oqibati halokatli bo‘lishi ham taxmin etilmoqda. Rim klubi va V.Leontevning mualliflar bilan birga bildirgan fikrlari «Jahon iqtisodiyoti kelajagi» (1979) kitobida aks etirilgan bo‘lib, unda hozirgi zamon qarama-qarshiliklari, texnik-iqtisodiy va sotsial masalalaming o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Xalqaro mehnat taqsimoti rivojiga oid ta’limotlarning xususiyatlari
Hozirgacha biz asosan ayrim mamlakatlardagi milliy iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlar to‘g‘risida fikr yuritdik. Ammo iqtisodiyotga xos bo‘lgan muhim bir xususiyat shuki, u chegara bilmaydi, baynalmilal xarakterga ega. Agar bu masalaga tarixan yondashilsa, iqtisodiyotning, xo‘jaliklaming yaqinlashuv jarayoni ilgaridan ma’lum. Masalan, eramizdan avvalgi II asrdayoq Buyuk ipak yo‘li bilan Xitoy, Yaponiya, Koreya mollari Hindiston, Eron, 0‘rta Osiyo orqali Vizantiya va Italiyaga olib kelingan, u yerdan sotib olingan mollar boshqa mamlakatlarga olib borilgan. Tarixiy faktlarga murojaat etilsa, har bir karvonda ko‘p sonli odamlar, yuk ortilgan ot, tuya, xachir va boshqalar bo‘lgan, yo‘l bir necha oylab davom etgan. Bu xalqaro savdo yo‘li XIV- XV asrlarda Amir Temuming olib borgan iqtisodiy siyosati tufayli keng rivojlandi.
Jahon bozorining vujudga kelishi ko‘pincha XV asr oxiri va XVI asr boshi bilan belgilanadi. Bu fikrda ham jon bor albatta, chunki buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Amerika qifasi, ko‘plab yangi orol va mamlakatlar ochildi. Ular bilan dengiz orqali iqtisodiy aloqa kuchaydi, mustamlakachilik tizimi vujudga keldi. Iqtisodiyotning baynalmilallashuv jarayoni doim rivojlanishda bo‘ldi va ayniqsa, ikkinchi jahon umshidan keyin bu jarayon mazmun jihatdan tobora chuqurlashib, hududi kengayib bormoqda. Jahon xo‘jaligi, uning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va takomillashuv qonuniyatlari, tamoyillari doim olim va mutaxassislaming diqqat markazida bo‘lgan Hozirgi davrda dunyoda 200 dan ortiq mamlakat mavjud bo‘lsa, ulaming tabiiy iqlimiy sharoitlari nihoyatda turli-tuman. Ulaming aholisi, xo‘jalik faoliyati, turmush tarzi ham xilma-xildir. Tarixiy, an’anaviy sharoit taqozosi tufayli har bir mamlakatda o‘ziga xos xo‘jalik faoliyati, mahsulot turlari yuzaga kelgan. Masalan, bizga yaxshi tanish bo‘lgan kartoshka, makkajo‘xori, pomidor, tamaki Amerika kashf etilgandan keyin bizga olib kelindi va rivojlandi. Xuddi shunday yoi bilan o‘zaro bogianish, savdo-sotiq, madaniy aloqalar kuchayib bormoqda. Ayniqsa, xalqaro savdo munosabatlari bu borada yetakchi o‘rinni egallaydi va iqtisodiy taiimotlarda ham bu sohada muhim yutuqlar mavjud. Xalqaro iqtisodiy integratsiya dastlab savdo sohasida keng tus olgan.
Xalqaro savdo rivojlanishi jarayonlari iqtisodiyoti allaqachon milliy davlatlar doirasidan chiqqan va bu borada bir qancha iqtisodiy taiimotlar ham mavjud. Ular klassik, neoklassik va neokeynschilik nazariyalarida o‘z aksini topgan. Ayniqsa, XIX-XX asrlardagi iqtisodchilar A.Smit, D.Rikardo, R.Torrens, J.S.Mill, A.Marshall (yuqorida ular bilan tanishganmiz) J.Vayner, G.Xaberler, GJonson, P.Samuelson va boshqalar bu sohada barakali ijod qildilar.
A.Smit tomonidan mutloq afzallik prinsipi ishlab chiqilgan, unga ko‘ra eng kam xarajat talab etuvchi tovarlar ishlab chiqarish va eksport qilish samaralidir va aksincha.
Klassik iqtisodiy maktab vakili D.Rikardo birinchilardan bo‘lib mehnat taqsimoti faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas(A.Smit fikri), balki xalqaro ko‘lamda ham obyektiv zarurat ekanligini isbotlab berdi.Ohmning fikri shundan iboratki, prinsipial jihatdan qaralsa, har bir davlat o‘ziga kerakli barcha narsani (tovarlami) ishlab chiqarishi mumkin, ammo bu iqtisodiy jihatdan qanchalik to‘g‘ri, degan savol tug‘iladi. Unga javob berib, Rikardo aytadiki, har bir davlat ma'lum bir mahsulotlami ishlab chiqarishda ixtisoslashadi va nisbiy afzallikka, ustunlikka ega bo‘ladi. Masalan, Shotlandiyada suli, Portugaliyada faqat vino ishlab chiqarish samaraliroqdir, chunki sarf-xarajatlar miqdori eng kam bo‘lgan sohani rivojlantirish afzaldir. Bunda albatta, tabiiy sharoit, an’analar, tarixiy tajriba, yer, suv, inson resurslari, xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga olinishi kerak. Masalan, musulmon davlatlarida cho‘chqachilikni rivojlantirish haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas.
Mutlaq ustunlik nazariyasi
Adam Smit turli mamlakatlarda tovarlami ishlab chiqarishda mutlaq xarajatlardagi farq xalqaro savdo rivojlanishining asosini tashkil etadi, degan tezisni asoslab berdi. Unga ko‘ra ba’zi mamlakatlar boshqa mamlakatlarga nisbatan tovarlami kam xarajat sarflab, samarali ishlab chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu mamlakatlar mazkur tovarlami ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Mutlaq ustunlik yuqori mehnat unumdorligida va tovarlami ishlab chiqarishga ketadigan kam xarajatlarda namoyon bo'ladi.
A. Smit savdoni sun’iy ravishda cheklab qo‘yishga qarshi chiqdi va qaysi mamlakatning mahsuloti arzon bo‘lsa o‘sha mamlakat bilan savdo qilishning afzalligi to‘g‘risida aytib o‘tadi. Masalan, A.Smit qayd qilib o‘tganidek: “Agar Fransiyaning vinosi Portugaliya vinosidan yaxshi va arzon bo‘lsa yoki uning gazlamasi Germaniya gazlamasidan yaxshi bo‘lsa, unda Buyuk Britaniya uchun o‘ziga kerakli chet el vinosi va gazlamasini Portugaliya yoki Germaniyadan emas, balki Fransiyadan sotib olish foydali”. Shuningdek, Shotlandiyada uzum yetishtirish shart emas, chunki u yerda vino Portugaliyaga nisbatan 30 barobar qimmat. Vino qayerda arzon bo‘lsa o‘sha yerdan sotib olish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |