QIYOSIY USTUNLIK Smit ham, Rikardo ham mamlakatlarda mutlaq ustunlik bo‘lgan-da xalqaro ixtisoslashuv va savdoning afzalliklarini tan olishgan, lekin bir mamlakat barcha tovarlami ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka ega bo‘lsa, unda nima bo'ladi? Kelinglar misolimizni 0‘zgartiramiz, faraz qilaylik Angliyada unumdorlik uch baravarga oshdi va buning natijasida mehnat birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulotlar hajmi 16.2- jadvalda ko‘rsatilgan. Endi Angliya sanoatining ikkala tarmog‘i ham ortugaliyaga ko‘ra ancha unumdor; mos ravishda, mehnat vaqti bilan o‘lchanayotgan ishlab chiqarish sarflari ikkala tovar uchun ham Angliyada kam. Qiyosiy ustunlikning argumentlari 16.2- jadvaldagi madumotlar savdo har ikkala mamlakat uchun ham foydali ekanligini namoyish etmoqda. Vaholanki, Angliya ikkala tovami ishlab chiqarishda ham mutlaq ustunlikka ega, bu mutlaq ustunlik emas, balki xalqaro savdo foydali bo‘la olishini aniqlab beradigan o‘ta muhim hisoblangan qiyosiy ustunlikdir. Ushbu misolda Angliya mato ishlab chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega, Portugaliya boisa vino ishlab chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega. Qiyosiy ustunlik har bir iqtisodiyotda nisbiy unumdorlikni tadqiq qilish asosida aniqlanadi. Angliyaning matodagi qiyosiy ustunligini - Angliyada har bir qo‘shimcha metr matoni ishlab chiqarish 2 litr vinoning yo‘qotilishini bildiradi, xuddi shunday Portugaliyada 8 litr vinoga aynan shuncha metr matoni olish uchun xarajatlar talab qilinadi. Portugaliyaning vino ishlab chiqarishdagi qiyosiy ustunligi shunda ko‘rinadiki, Portugaliyada 1/8 metr matoning yo‘qotilishi bir litr vinoni beradi, Angliya bo‘lsa bir litr vinoni ishlab chiqarish uchun Vi metr matodan voz kechishi kerak.
16.2 jadval