1. Iogan Gotlib Fixte. Faust Gyote. Karl Kniesning eski tarixiy maktabi



Yüklə 195 Kb.
səhifə8/11
tarix29.03.2023
ölçüsü195 Kb.
#91151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4-Mavzu

QIYOSIY USTUNLIK
Xalqaro savdoga doir qiyosiy ustunlik nazariyasi Rikardoning naqadar donishmand ekanligini namoyon etadi. Mazkur nazariya orqali u erkin savdoning shart-sharoitlarini yengillashtirdi, Adam Smitning xalqaro chegaralardan tovarlar o‘tishidan olinadigan samara tahlilini kengaytirdi. Agar A mamlakati B mamlakatiga nisbatan arzonroq tovar ishlab chiqarsa, B mamlakati esa boshqa tovami A mamlakatga qaraganda arzonroq ishlab chiqarsa, ikkala mamlakat ham hududiy ixtisoslashuv va savdo orqali samara olishi mumkin.
Xalqaro savdo terminologiyasida aytilganidek, agar bir mamlakat biron-bir tovami ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo‘lsa, boshqa mamlakat esa boshqa tovami ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikga ega boisa, ulaming har biri tovar ixtisoslashuvi orqali boshqalarga qaraganda arzon narxda ishlab chiqarib samara olishlari mumkin. Iqtisodiy taiimotlar tarixchilari qiyosiy ustunlik nazariyasining asoschisi kimligini aytishda bir to‘xtamga kelganlari yo‘q. Asosiy nomzodlar ichida Rikardo, Robert Torrens (1780- 1864) va Djeyms Mill (1773-1836)lar joy olganlar. Qanday boimasin bu keyingi iqtisodiy taiimotlariga ta’sir ko'rsatgan Rikardoning qarashlaridan biri edi.
MUTLAQ USTUNLIK
Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasini davom ettirishdan avval, ikki mamlakat va ikki tovar asos qilib olingan xalqaro savdo modelini ko‘rib chiqamiz, bunda har bir mamlakatda tovarlardan bittasini ishlab chiqarishda mutlaq ustunlik bo‘ladi. 16.1- jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra Angliya Portugaliyaga nisbatan mato ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. MaMumotlar bu ustunlikni mahsulot hajmi bo'yicha ifodalab berayapti, lekin bu ustunlikni qiymat jihatdan ham ko‘rib chiqish mumkin. Shunday qilib, mehnat vaqti birligida o‘lchangan mato ishlab chiqarish qiymati Portugaliyaga nisbatan Angliyada kam chiqayapti. Xalqaro savdoni amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatish uchun eng avvalo, bu ikki mamlakat ushbu savdodan foyda olishi muqarrarligini ko‘rsatish zarur. Vino va matoni yalpi ishlab chiqarish ixtisoslashuv asosida ko‘payadigan bo‘lsa va bunda ikkala mamlakatga ham naf keltira oladigan vino va mato xalqaro narxlariga va savdo sharoitlariga erishiladigan bo‘lsa, xalqaro savdo uchun asos vujudga keladi.







Yüklə 195 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin