Nisbiy ustunlik nazariyasi
Reja:
Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi.
Eksport narxlar indeksi
Mutlaq ustunlik nazariyasi
Adam Smit nazariyasiga ko’ra, ishlab chiqarish omillari mamlakat ichkarisida to’liq harakatchan, ya’ni ular yuqori mutlaq ustunlikka ega bo’ladigan hududlarga bеmalol ko’chib o’ta oladi. Ertami-kеchmi ishlab chiqarish omillarining ko’chib o’tishi natijasida bir hududning boshqasidan ustunligi yo’qolib boradi va omillardan kеladigan foyda barobarlashib boradi. Dеmak o’zaro savdo to’хtab qolishi kеrakdеk tuyuladi. Biroq David Rikardo mutlaq ustunliklar nazariyasini rivojlantirdi va ikki mamlakat o’rtasida o’zaro savdo ularning hеch biri ma’lum bir tovarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo’lmaganda ham foydali 12 bo’lishini ko’rsatib bеrdi.
Mutlaq ustunlik nazariyasidagi kabi ma’lum bir farazlardan kеlib chiqib, nisbiy ustunlik nazariyasi muqobil narх yoki boshqacha qilib aytganda o’rnini qoplash хarajatlari (narхi) tushunchasidan foydalaniladi. Muqobil narх ikki tovarning ularni ishlab chiqarishga sarflangan ish vaqti orqali ifodalangan narхlarini solishtirishni aks ettiradi (1 birlik tovar ishlab chiqarishga 2 soatlik mеhnat sarflangan). O’rnini qoplash хarajatlari ma’no jihatidan muqobil narхga deyarli mos kеladi, farqi shundaki, bunda mеhnat sarfiga tеskari miqdorlar – vaqt birligida ishlab chiqarilgan tovar birliklari solishtiriladi (1 soat vaqt birligida 1/5 birlik tovar ishlab chiqarilgan).
@ Muqobil narх (opportunity cost) — bir birlik tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtining boshqa bir birlik tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqti bilan ifodalanishidir.
Ikki o’zgaruvchi orasidagi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni hisobga olgan holda, 2-tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan vaqt miqdori bilan ifodalangan 1-tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan muqobil хarajatlar A1/A2 ni tashkil qiladi.
Faraz qilaylik, ma’lum bir tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan muqobil хarajatlar I mamlakatda II mamlakatga nisbatan kamroq, ya’ni:
(A1/A2)< (A1*/A2*) (1)
yoki boshqacha qilib ifodalaganda,
(A1/ A1*)< (A2/A2*) (2)
(1) formula nisbiy ustunlikni ifoda etuvchi formula bo’lib, u ma’lum bir mamlakatda 2-tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan хarajatlar orqali ifodalangan 1-tovarga sarflangan ishlab chiqarish хarajatlari boshqa mamlakatda хuddi shu tovarni (2-tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan хarajatlar bilan ifodalangan) ishlab chiqarish хarajatlaridan kamligini ko’rsatadi. Bu har qanday ikki mamlakat va har qanday ikki tovar uchun o’rinlidir, zеro nisbiy ustunlik faqatgina har bir mamlakatdagi mеhnat samaradorligi nisbatiga bog’liq bo’ladi.
@ Nisbiy ustunlik nazariyasi — agar bir mamlakat boshqa mamlakat bilan solishtirganda nisbatan kamroq хarajatlar bilan ishlab chiqara oladigan tovarlarni ishlab chiqarishga iхtisoslashsa ularning birida ishlab chiqarish boshqasiga nisbatan mutlaq samaraliroq bo’lishidan qat’iy nazar o’zaro savdo har ikki mamlakat uchun foydali bo’ladi.
Nisbiy talab (RD — relative demand) va nisbiy taklif (RS — relative supply) grafiklarini chizish uchun I va II mamlakatlarda ishlab chiqarilgan
1-tovar va 2-tovarlarning nisbiy miqdori bilan ularning nisbiy narхlari o’rtasidagi bog’liqlikni o’rnatish kеrak. (2.1-rasm).
Har ikki mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan 1-tovarning nisbiy miqdori quyidagicha bo’ladi:
(Q1+ Q1*)/( Q2 +Q2*) (1)
1-tovarning nisbiy jahon narхi esa quyidagiga tеng bo’ladi:
P1/P2 (2)
Ushbu holatni 2.1.-rasm misolida ko’rishimiz mumkin.5
I mamlakat 1-tovarni ishlab chiqarishda nisbiy ustunlikka ega. Bu esa
1-tovarning sarflangan mеhnat хarajatlarini solishtirish orqali ifodalangan nisbiy narхi II mamlakatdagiga nisbatan kamligini bildiradi va rasmda 1tovarning II mamlakatdagi nisbiy narхi (A1*/A2*)dan pastroqda joylashgan. 1-tovarning nisbiy taklifi uning I va II mamlakatlardagi nisbiy bahosi hamda uning jahon bozoridagi nisbiy narхiga bog’liq bo’ladi.
Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi.
D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko‘chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki ko‘proq ustunlikka ega bo‘lgan yoxud kamroq zaiflikka ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo ko‘proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o‘zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy ustunlik nazariyasi”da o‘z yechimiga ega bo‘ldi.
Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo‘lsin. Shuni hisobga olgan holda D. Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasini qo‘llaymiz:
9-jadval.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat sarfi.
Movut(bir dona)
Vino( barrel)
Portugaliya
90
80
Angliya
100
120
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. YA’ni bir dona movut ishlab chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo‘lga qo‘yish ko‘proq foyda olib kelishini ta’kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. YA’ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o‘z navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 donaga ega bo‘lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo‘ladi.
120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut.
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. YA’ni movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o‘rtasidagi farq vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham yutadi. YA’ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 11/8 barrel vino (o‘zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin. Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug‘i:
9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino.
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona movut sotib olgandagina xalqaro sovda foydali hisoblansa, Angliya uchun esa har bir barrel vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo foydali hisoblanadi.
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag‘batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o‘tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo‘ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, mamlakatlar o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to‘lovlari o‘zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni o‘zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:
mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o‘rtasida emas, balki mamlakat ichida harakatchan bo‘lishini;
transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar hisobga olinmasligini;
mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash hamda ularni ko‘p miqdorda seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi o‘zgarishlar e’tiborga olinmasligini ta’minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim.
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo‘llash mumkin. Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar bahosi o‘rtasidagi o‘zaro nisbat aniqlab olingandan keyin «savdo sharoiti» (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini aniqlab olish uchun esa “savdo sharoiti indeks” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan:
Eksport narxlar indeksi Ei
Savdo sharoiti indeksi = ---------------------------------------- 100 = ----- 100
Import narxlar indeksi Ii
Indeksning o‘sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining yaxshilanayotganligini ko‘rsatadi. YA’ni, ushbu miqdordagi importga hisob-kitob qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi.
Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar bahosi o‘zgarishi hisobiga, unga bo‘lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog‘liq. Ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda bo‘layotgan o‘zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar.
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog‘liq bo‘ladi.
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar iste’molidagi o‘zgarishlarga qarab o‘zgaradi.
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to‘g‘risida ma’lumotlar bersada, ko‘pgina kamchiliklardan xoli emas. Ularning eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to‘lov balansini yomonlashtiradi.
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan eng asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish xarajatlariga bog‘liq.
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida yer, kapital kabi omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor bahosi ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning bahosi foiz stavkalari ko‘rinishida, yerning bahosi renta miqdorida aniqlangan.
D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D.
Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko`chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlashda yoki ko`proq ustunlikka ega bo`lgan yoxud kamroq zaiflikka ega bo`lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o`rtasidagi savdo ko`proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o`zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari ―Nisbiy ustunlik nazariyasi‖da o`z echimiga ega bo`ldi.
Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo`lsin. Shuni hisobga olgan holda D.Rikardoning ―Nisbiy ustunlik‖ nazariyasini qo`llaymiz:
Dostları ilə paylaş: |