9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI
130
muayyan o‘zgarmas tezlik yoki tezlanish bilan rivojlanish xos bo‘lgan bo‘lsa, bizda bu tezlik
yoki tezlanish kelajakda ham muayyan vaqt oralig‘ida o‘zgarishsiz qoladi, deb hisoblash uchun
asoslar bor. SHunday qilib, o‘sish (pasayish) egri chiziqlarini grafik yoki analitik usulda davom
ettirish va prognoz ob’ekti bo‘lg‘usi holatining miqdor ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqarish
mumkin. SHunga qaramay, agar o‘rganilayotgan tendensiya boshqa tendensiyalar bilan o‘zaro
ta’sirga kirishish natijasida o‘zgarsa va bu o‘zaro ta’sirni lozim darajada o‘rganish imkoniyati
mavjud bo‘lmasa, ekstrapolyasiya metodi uncha samarali bo‘lmasligi mumkin.
Tarixiy analogiya
– bu taqqoslash yo‘li bilan bilish. Taqqoslanayotgan ijtimoiy hodisalar
o‘rtasida farq ham, o‘xshashlik ham mavjud bo‘lishi kerak. Taqqoslash uchun asos bo‘luvchi
omillar taqqoslanishi lozim bo‘lgan hodisalarga qaraganda tanishroq bo‘lishi lozim. Tarixiy
analogiyaning ijtimoiy bashoratga moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir,
zero kelajakka boshqa tarixiy sharoitlar yo‘ldosh. Tarixiy analogiya ko‘proq tarixiy faktni faol
tanqidiy tahlil qilishga ko‘maklashadi.
Modellashtirish metodi
bilish ob’ektlarining o‘zini emas, balki ular ning modellarini
o‘rganishga asoslanadi. Tadqiqot ob’ektini modellashtirish – uni prognostik xususiyatga ega
bo‘lgan xulosalar chiqarish uchun qulay bo‘lgan sodda, sxematik ko‘rinishda gavdalantirish
demak. Tadqiqot natijalari, modeldan ob’ektga ko‘chiriladi. Prognoz qilishning modelli
metodlari shakllarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Modellashtirishning moddiy, fizik,
belgili (matematik), imitatsion, kompyuterda modellashtirish kabi turlarini farqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: