Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI 199
Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon buladi. Ezgu uy, ezgu so‘z, ezgu
a’mol” uchligi “Avesto”dan toptib, barcha muqaddas kitoblarda etakchi o‘rinni egallashi ham
shundan. Ezgulik - inson shaxsining komilikka, baxtga, jamiyatni esa yuksak tarqqiyotga
yetkazuvchi vositadir. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni
sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig‘iga o‘rash mumkin emas. Chunonchi, “sinfiy dushmanni”,
ya’ni biror bir shaxsni yoki guruxni faqat boshqa sinfga mansub bo‘lgani uchun jisman
yo‘qotish, qanchalik buyab-bejalmasin, ezgulik bulolmaydi. U tom ma’nodagi yovuzlikdir. SHu
bois totalitar tuzumlarda ezgulikni bunday talqin etilishini noilmiyligini soxtaligi hozirgi kunda
hammaga ayon.
Ezgulik va uning ziddi yovo‘zlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan ulchanmaydi, ular ham
muhabbat singari, qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy- ideal bilan
bog‘liqligi ham shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik,
jasurlik singari tamoyillarni o‘z ichga oladi.
Shuni ham aytish kerakki, muxabbat va nafrat juftlik tushunchasida nafrat muhabbatni inkor
etmay, aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va yovo‘zlik juftligida har ikkisi
tushuncha bir-birini tamomila inkor etadi. Na faqat inkor etadi, balki ular orasida hayot-mamot
kurashi ketadi va bu kurash abadiy kurash sifatida olamni hapakatga keltiruvchi kuch tarzida
nomoyon buladi.
Ezugulik va yovo‘zlikning yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, bu juftlik tushuncha inson
faolyaitini baholash xususiyatiga ega. Uni odam bolasining ulug‘ligi va tubanligini ulchaydigan
muqaddac torozuga o‘xshatish mumkin. Insonning komilligi, jamiyatning takomilga erishgan-
erishmagani shu mezon bilan ulchanadi. Ezgulik va yovo‘zlik haqida gap borganida, yaxshilik
va yomon lik nima, bu ikki.juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tutilzdi. Bu tabiiy. Chunki
hozirgacha bizga ma’lum o‘zbek tilidagi barcha axloqshunoslikka doir adabiyotlarda ezgulik va
yovuzlik mezoni tushunchalar sirasi kiritilmagan, u bor- yug‘i yaxshilik va yomonlikning
sinonimi tarzida taqdim etib kelishgan. To‘g‘ri, yaxshilik tushunchasining ko‘pgina unsurlari
ezgulikdan, ezgulikning ba’zi unsurlari yaxshilikdan joy olishini inkor qilish mumkin emas.
Ularning ziddida ham shunday “singishib ketish” mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkurikki
juftlikni aynanlashtirishga asos bula olmaydi. Ular orasida qatiy farq mavjud ezgulik, yuqorida
aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga zga, yaxshilik esa unday emas. U asosan shaxsning
odobiga, hulqiga bog‘liq bo‘lgan ijobiy hodisa. Zero unda, mardlik, ochiqko‘ngillilik, halollik
singari axloqiy meyorlar tajassum topadi. Biroq u qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi
tamoyillar darajasiga ko‘tarila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning
faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mexnatga umrini bag‘ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun
“Xazoyin ul-maoniy”dek, “Xamsa”dek buyuk asarlar yaratdi. Bu ezgulik - abadiy, zero Navoiy
asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq-shavq ulashib, ularni komilikka
chorlab kelmoqda. Ayni paytda, u ko‘plab yaxshiliklar qildi - muxtoj odamlarga qarz berdi,
bergan qarzidan kechib yubordi v.h. Uning bu yaxshiliklari, ajoyib ijobiy xodisa bulgani xolda,
o‘tkinchilik xususiyatiga ega, shuningdek, qaxramonlik xam, buyuk jasorat xam, vatanparvarlik
xam emas. Demak, yaxshilikni yirik ijtimoiy xodisa - ezgulik bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas.