17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
261
katta ham bo‘lishi mumkin, lekin miqyos, ko‘lam sub’ektlashtirilgan ob’ekt tarzida, sub’ektning
bir qismi sifatida nisbatan torayadi va kichrayadi.
“Drama” (yunonchada-harakat degani) sahnada ijro etishga mo‘ljallangan,
matni
qatnashuvchilarning dialog va monologlari asosiga qurilgan, voqelikdagi hayotiy qarama-
qarshiliklarni zididiyat holati (konflikt) orqali ifodalaydigan, san’atning nisbatan «sof» adabiy
xili. Dramada lirikadagi sub’ektivlashish hodisasi yo‘q, eposdagi
voqeanavislikni ham
uchratmaymiz: hamma narsani ishtirok etuvchilarning xatti-harakatlari va nutqlari hal qiladi.
SHuningdek, unda eposdagi «og‘ir karvonlikni», lirikadagi «oniy kayfiyatni» ham ko‘rmaymiz:
qahramonlar taqdiri dinamik tarzda rivojlanib boradigan fojeaviy azob-uqubatlar, og‘ir
ko‘rgiliklar yoki tanqidiy kulgi vositasidagi echim bilan nihoya topadi.
YUqoridagi fikrlarimiz san’atni xillash bilan bog‘liq qarashlar edi. Endigi mulohazalarimiz
san’at turlari xususida bo‘ladi.
Mazkur mulohazalarni hisobga olgan holda, biz, san’atning mavjudlik shartidan, ya’ni
uning ma’naviy borliq sifatida namoyon bo‘lish holatidan kelib chiqib, ko‘pchilik
tomonidan
qabul qilingan makon (me’morlik, haykaltaroshlik v.h.), zamon (badiiy adabiyot, musiqa v.h.) va
makon-zamon (teatr, sirk v.h.) bo‘yicha tasniflashtirishni ma’qul deb hisoblaymiz. Biroq san’at
tarixiy hodisa ekanini, u qadimdan tadrijiy rivojlanib kelganini, taraqqiyoti mobaynida
o‘zgarishlarga uchraganini va ma’lum bir tarixiy davrda muayyan san’at turi faol,
etakchi
bo‘lganini nazarda tutib, ayni paytda yuqoridagi birgina turkumlashtirish hamma tomonni
qamrab olomasligini hisobga olib, masalaga tarixiylik tamoyili asosida yondashuvni ham
maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
SHundan kelib chiqqan holda, biz taklif etayotgan tasnif
san’at turlarini uch turkumga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Bular:
1. Arxaik - endilikda tarixga aylangan, hozirga paytda real hayotda amalda bo‘lmagan.
2. An’anaviy - qadimdan hozirgi kungacha o‘z o‘rnini va ahamiyatini yo‘qotmay
kelayotgan.
3. Zamonaviy – ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida vujudga kelgan «texnikaviy», yangi
san’at turlari.
Ushbu tasnifga ko‘ra, arxaik san’at turlari –an’anaviy san’at turlari – badiiy adabiyot,
baxshilik, me’morlik, ko‘rgazmali amaliy san’at, haykaltaroshlik,
rangtasvir, grafika, musiqa,
teatr, raqs, qo‘shiqchilik, estrada, sirk va askiyani; zamonaviy san’at turlari – fotosan’at (badiiy
suratkashlik), kino, televidenieni o‘z ichiga oladi.
Mazkur ikki yo‘nalishdagi turkumlashtirish ma’lum ma’noda san’at turlarini
tasniflashtirishni estetik boshqotirmaga aylanib ketishdan saqlashga xizmat qiladi, deb
o‘ylaymiz.
Dostları ilə paylaş: