Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI 268
Shu bilan birga shahar muhitini etnomadaniy belgilarsiz tasavvur etish ham yuqoridagi
izlanishlarda ko‘zga tashlanadi. SHaharni badiiy-estetik bezatishda o‘ziga xoslik, betakrorlik,
etnomadaniy an’analarga muvofiqlikni izlash emas, balki nasl- nasabsiz, milliy belgisiz
«sotsialistik shaxs» va «sotsialistik san’at» yaratishga intilish ustun turadi.
SHubhasiz, yuqoridagi uchta fundamental ahamiyatga ega talab shahar dizayni haqida
tasavvurlar uyg‘otdi, shahar-inson aloqalarini badiiy-estetik mohiyat bilan boyitishga etakladi.
Toshkentda Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn institutining ochilishi
O‘zbekistonda dizayn san’atini alohida ilm-fan, ijodiy faoliyat sifatida o‘rganish imkonini berdi.
Respublikamizda dizayn haqidagi qarashlar endi shakllanmoqda, «shahar dizayni» tushunchasi
ham endi qo‘llanilmoqda. Bu borada olib borayotgan ilmiy izlanishlarimiz bizni quyidagi
fikrlarni bildirishga undaydi.
Shahar dizayni shaharsozlik, arxitektura, shahar infrastrukturasi va landshaftining tarkibiy kismi
sifatida qaralishi, quriladigan har bir inshoot, shakllantiriladigan infrastruktura esa badiiy-estetik
mohiyatga betakror, rang-barang, qiziqarli ko‘rinishiga ega bo‘lishi lozim. Buning, uchun
shaharsozlar, arxitektorlar dizaynerlar bilan ijodiy hamkorlik o‘rnatishi darkor.
Shahar dizayni rang-barang sohalar bilan bog‘liq ijodiy faoliyat turidir. U arxitektura, yo‘l
transporti,
savdo-sotiq,
madaniy-
maishiy
xizmatlar
uyushtirish,
kommunikatsiya,
mebelshunoslik, ijtimoiy boshqarish va tabiiy ravishda, san’atning barcha janrlarini, turlarini
bilishni talab etadi. Shuning uchun «SHahar dizayni» kursini ishlab chiqish va mutaxassislar
tayyorlash jarayoniga joriy etish maqsadga muvofiqdir. Shahar dizayni atrof-muhitga shahar
dizayn inson triadasi sifatida yondashishga undaydi. Mazkur konsepsiya markazida shahar va
inson manfaatlarini o‘zining ijodiy faoliyatida uyg‘unlashtiruvchi mutaxassis – dizayner turadi.
Aynan ushbu mutaxassis insonda ijtimoiy muhitdan, undagi badiiy-estetik va etnomadaniy
qadriyatlardan to‘la qoniqish hissini uyg‘otadi, o‘z shahrini sevib, uni yanada go‘zal qilib,
yaratib yashashga undaydi.SHahar dizaynida zamonaviy, g‘arbona va an’anaviy, sharqona san’at
janrlarini, turlarini uyg‘unlashtirish imkoni kattadir. Ushbu janrlarni, turlarni sintezlashtirish
mutaxassisni erkin, keng izlanishlarga undaydi va uning asarlarini ommalashtiradi, hayotiy
qiladi. Demak, shahar dizayni badiiy-estetik ijodni ijtimoiy hayotga, amaliyotga yaqinlashtiradi,
izlanishlarga pragmatik yo‘nalish beradi.