Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu
17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI 266
aralashuvi imkoniga ega emas. SHu bois biz fotosan’atda eng yuksak darajadagi jonlilikni
ko‘ramiz, tom ma’nodagi real borliqning qo‘shig‘ini tinglaymiz.
Fotosan’atda montaj katta ahamiyatga ega. Montaj orqali badiiy qiyofa yaratish imkoni
nihoyatda keng. Fan va texnikaning ravnaqi tufayli u «mo‘‘jizaviy» darajaga ko‘tarildi.
Kino. E ng miqyosli zamonaviy san’at turi hisoblanadi. Bugungi kunda u hamma erda
«hoziru nozir». Uni kinoteatrlarda jamoaviy, televidenie va videomagnitafon orqali esa oilaviy
yoki individual tomosha qilish mumkin. Hozirgi paytda kino o‘zining dastlabki «harakatdagi
fotografiya» holatidan shu qadar uzoqlashib ketganki, endi uning ovozsiz davridagi montaj
dramaturgiyasiga suyanib qolgan san’at sifatida tasavvur ham qilish qiyin. Hozir aktyorlar
yaratgan, murakkab psixologizmga asoslangan badiiy qiyofalar, adabiy ssenariy zaminida
ekranlashtirilgan real hayotni badiiy aks ettiradigan davomli, ko‘pchiziqli syujet birinchi o‘rinda
turadi. Kinoda teatrdagidek dinamik dramatizm hamda uning asosini tashkil etgan harakat,
harakat va yana harakat (bunda fikriy harakat ham nazardan qochirilmasligi lozim) asarning
moyasini tashkil etadi. Biroq kino, teatrdan farqli ravishda, kadrlar orqali zamondan-zamonga
«sakrab» o‘tish imkoniga ega, biroq bu «sakrash», agar film rejissurasi puxta bo‘lsa,
tomoshabinga sezilmaydi, u hozirgi voqealarning ibtidosi, sababchisi – avval bo‘lib o‘tgan
voqealar ekanini his qilib turadi. CHunki o‘tgan voqealarning eng muhim, qahramonlar taqdirini
belgilaydigan holatlari kadrlarda bugungi voqealar bilan tabiiy ulanib ketadi, ya’ni kecha –
bugunga, bugun – kechaga o‘tib turishi ekran imkoniyati doirasidagi «oddiy gap», kino san’ati
usullaridan biri. Sahnada esa bunday imkoniyat yo‘q, unda mazkur holatlar tomoshabinga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki dekoratsiya va musiqa o‘zgarishlari yordamida aktyorlar
monologlarida, ba’zan diologlarida nutq (so‘z) orqaligina shartli ravishda etkazib beriladi.
Televidenie. Agar estrada «san’atdagi jurnalistika» bo‘lsa, televidenieni «jurnalistikadagi
san’at» deyishimiz mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san’at targ‘ibotini
texnikaning eng yangi yutuqlari asosida amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida olib qarash
uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, telejurnalistika mavjud va uni inkor etish aqlga
to‘g‘ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real voqealar va real odamlar
ishtirokidagi «jurnalistik» syujetlarning san’at darajasiga ko‘tarilganini, ularning estetik
ahamiyat kasb etganini yaqqol ko‘ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o‘lkaki...» turkumidagi
ko‘rsatuvlarini olaylik. Ularni oddiy jurnalistik televizon reportaj deyish mumkinmi?! Bu
ko‘rsatuvlarning deyarli har biri o‘ziga xos film, shunday filmki, oldiga oddiy «hujjatli» degan
sifatlashni qo‘yish nohaqlik.
Zamonaviy shaharsozlik estetikasi
San’atshunoslikda «shahar atrofi dizayni», «shahar muhiti dizayni», «shaharni badiiy bezatish»
va «shahar dizayni» tushunchalari ishlatiladi. Ular mohiyatan aynan tushunchalardir, shuning
uchun «shahar dizayni» deganda biz shahar ichini, inshootlari va maydonchalarini, aholidan
oladigan istirohat maskanlarini, kishilar nigohini, diqqatini tortadigan madaniy, maishiy
muassasalar atrofini badiiy-estetik bezatish san’atini, loyihalashtirishni nazarda tutamiz. Uning
asosiy retsipienti shahar kishisidir.
«SHahar dizayni» tushunchasi o‘tgan asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan va u kishilar, ayniqsa
iste’molchilar to‘planadigan joylarni, vitrinalarni informatsiya tarqatish funksiyasini bajaradigan
tumbalar reklamalar, ko‘rsatkich va afishalarni nazarda tutgan. Dizaynshunos V.L.
Glazichevning fikriga ko‘ra, yuqoridagi oddiy bezaklar o‘rniga 50- yillarga kelib bil-bord,
aylanma vitrinalar, savdo-sotiq o‘choqlariga ulanib ketgan kioskalar, ko‘p qavatli uylar oldida